Windows vs Linux

Bugungi kunga kelib oddiy foydalanuvçilar orasida, Windows hukmronligi ostida faqat Linuks yaşab qola oldi. Nafaqat yaşab qoldi, balki u hozirda Windows uçun jiddiy raqobat qila oladigan darajaga yetdi. 2007-yil sarhisobiga köra Linuks foydalanuvçilari deyarli ikki baravarga ortgani qayd qilingan. Xöş nimaning hisobiga u, garçi yoş operatsion tizimlardan (OT) biri hisoblansada, Windows bilan raqobatlaşmoqda? Nega Bill Geyts Linuksni özining operatsion tizimi raqobatçisi deb biladi? Buni sabablarini aniqlaşdan avval ularning qisqaça tarixiga töxtalib ötamiz.
Windows
Windowsda işlaş huddi töxtovsiz samolyotda uçişga öxşaydi: joningga tegadi, lekin taşqariga çiqolmaysan…
Windowsning dastlabki versiyalari ança avval, 1985-yilda çiqqan bölsada, uni elga “tanitgan” versiya – Windows95’ böldi. Grafik interfeysga ega bölgan OT 1995-yilning avgust oyida sotuvga çiqarildi. Windows navbatdagi 98’ va 2000’ versiyalari bilan boşqa OTlarni “siqib” çiqara boşladi. WindowsXP esa dunyoning haqiqiy lideriga aylandi. Çiroyli va qulay interfeys öşa vaqtda barçaning e’tiborini tortardi. 2007-yilga kelib, avval Windows Longhorn deb nomlangan Windows Vista sotuvda paydo böldi. Bill Geyts öz intervyularining birida Vista haqida gapirar ekan, “U Windows95’dan keyingi eng katta özgariş” deb aytgandi. Windows Vista Windows oilasi içida hozirça oddiy foydalanuvçilar uçun möljallangan sönggi OT. Microsoft korporatsiyasi 2010-yilga kelib Windows Vienna’ni çiqarişni közlayotgan edi. Ammo uning çiqiş vaqti biroz ertaroqqa surilişi ham mumkin. Bu haqda biroz keyinroq.
Linuks
- Bilmaysizmi, Pingvinli operatsion tizimni qayerdan topsam böladi?
Linuks 1991-yilda Linus Torvalds tomonidan yaratilgan (Linuks nomini qayerdan kelib çiqqanini anglagan bölsangiz kerak). Dastur GPL-litsenziyasiga (GPL-General Public License, bepul dasturlar litsenziyasi, Riçard Stallman tomonidan yozilgan) köra erkin tarqatilgani tufayli uning turlari 100 dan ortiq. Eng keng tarqalganlari – Mandriva (Mandrake), Ubuntu, SuSE, RedHAT, Fedora. Linux Foundation’ning statistikasiga köra 2007-yilda linuksoidlarning 55,4%i Ubuntu platformasini örnatişgan. Keyingi örinlar Debian (22,2%), openSUSE (19,5%), Fedora (16,7%), Gentoo (10,2%), Knoppix (7,1%) и PCLinuxOS (5,4%) larga tegişli.
Windows va Linuks: Ustunlik va kamçiliklar
Windows işlatyapsizmi? Demak geymersiz. Linuks işlatyapsizmi? Demak mutaxassis…
Ikki operatsion tizimning ham ustun va kamçilik tomonlari mavjud. Ular bilan tanişib çiqamiz.
- Linuks oçiq kodli OT. Dastur kodlari GPL-litsenziyasiga köra erkin tarqatiladi (Şu sababli ham Özbekistonda birinçi yaratilayotgan Doppix OS Linuks bazasida böladi). Siz hatto öz operatsion tizimingizni ham çiqarişingiz mumkin, lekin haqiqiy dastur kodlarini birga olib yurişingiz zarur.
- Windows esa yopiq kodli. Uning kodlari heç qayerga çiqarilmaydi. Dastur kompilyatsiya qilingan holda çiqariladi.
- Köpçilik dasturlar Windowsga moslab çiqarilgan. Linuksga töğri keladigan maşhur dasturlar kam (Istisno tariqasida Adobe Photoshop dasturini Linuksga möljallab çiqarganini aytişimiz mumkin). Yaqin-yaqingaça Linuksda drayverlar muammosi uçrardi. Ammo hozirda drayverdan nolimasangiz ham böladi. Qurilmalarni rasmiy saytlarida Linuksga möljallangan drayverlar mavjud. Bundan taşqari Linuksning litsenziyali disklariga drayverlar ham qöşilgan.
- Linuks özbek tiliga tarjima qilingan (Mandriva Linux). Uning matn tahrirlovçi dasturi – OpenOffice özbek tilidagi imlo xatolarni tekşira oladi.
- Windowsning özbek tilidagi versiyasi yöq.
- Linuks bepul OT. Töğri, hozirda çiqayotgan Linukslarning hammasi ham bepul emas. Ammo asosiy Linuks bazasi bepul. Windows bepul emas. Uni litsenziyasiz diskda işlatiş ta’qiqlangan. Közingizni oçing, bir-ikki yildan söng eşigingizni taqillatib Windows’ingizni litsenziyasini sörab qolişlari mumkin.
- Linuks xakerlar hujumiga Windowsga qaraganda kamroq duçor böladi. Çunki, Linuks-dasturlovçilar kam. Şu sababli ham server kompyuterlarda köpinça Linuks örnatilgan böladi.
- Windows xakerlar hujumiga köp uçragani uçun uning himoyasi mustahkam.
- Windowsning sezilarli darajadagi ustunligi – hozirgi çiqayotgan 97% öyinlar DirectX ga moslab çiqariladi. DirectX – bu Windows, degani. Linuks grafik rejimi - OpenGL. OpenGLda çiqarilgan eng maşhur öyin - Counter Strike. Öyinning CS:Source’ga qadar versiyasi OpenGL’da çiqarilgan. U yoğiga DirectXga ötildi. Şuning uçun ham “Windowsda işlayapsizmi? Demak, geymersiz” iborasi qöllaniladi.
Bugun va ertaga: Bizni nima kutmoqda?
Hozirgi paytdagi holatni tahlil qiladigan bölsak, Linuksning öz operatsion tizimlarini tarqatişi uçun qulay vaqt ekanligiga amin bölamiz. Ikki yarim yil avvaldan e’lon qilingan Windows Vista çiqarilgaç foydalanuvçilarga ma’qul keldi deyiş qiyin. Vistaga dastlabki bir yil içida tuşgan e’tirozlar XPning ilk bir yilligidagiga qaraganda köproq. Hatto, operatsion tizim 2007-yilning eng omadsiz mahsulotlari kuçli öntaligiga kiritilgan. Foydalanuvçilar “eski hammom” - XPga qaytişni xohlaşmayapti. Xabaringiz bölsa, 2008-yilning ikkinçi yarmidan, ya’ni iyul oyidan WindowsXP’ni texnik qöllab quvvatlaş töxtaydi. Bu - agar XP tölaqonli işlamasa dardingizni içingizga yutişingiz kerak yoki Vistani örnating, degani.
Linuks distributivlari ana şu “böşliq”dan foydalanib foydalanuvçilarni öz tomonlariga oğdirib olişlari mumkin. Linuksning maşhur versiyalari – Ubuntu, Mandriva, SuSE har yili yangi versiyani çiqarib, bir maromda rivojlanmoqda. Buning ustiga özbekça interfeys kimga ham ma’qul kelmaydi, deysiz.
Windows liderlikni berib qöymaslik uçun Windows Vienna’ni biroz ertaroq – 2009-yilga çiqarişni közlamoqda. Internetda u haqidagi dastlabki ma’lumotlar ham paydo böldi.
Xulosa
Windows va Linuks bahsi xali-beri töxtamasa kerak. Biz uçun uning töxtamagani ham yaxşi. Çunki raqobatdan faqat siz va biz – foydalanuvçilar yutamiz. Sifatli operatsion tizimlar ana şu raqobatning mevasi bölişi aniq. Siz nima deysiz?...