WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

Merfi qonunlari

20200928_murphysLaw_1000x7001

TATUda 1-kursda ingliz tili darsida tarjima qiliş uçun qandaydir matn berilgandi. Uşbu matnning epigrafi quyidagiça edi:

"Siz işlatayotgan dasturni töliq tuşunib olganingizda, u ehtimol eskirgan böladi". Va tagida "Merfi qonunlaridan" deb yozib qöyilgandi. Men Merfi ismli kişini kimligini Internetdan qidirib körmoqçi edim, lekin öşa vaqtda esdan çiqib ketgan ekan. Yaqinda elektron kitoblarimni (~2,5 GB) titkilab ötirganimda içidan özi çiqib keldi. Kitobning dastlabki sahifasi tarixga bağişlangan ekan:

"Hammasi 1949-yilda, AQŞ kapitani, injener, kaşfiyotçi Edvard A. Merfining yangi qurilma yaratib uni eksperimental testlaşga yuborganda boşlangan. Birinçi natijadayoq faqatgina yangi qurilma emas, butun boşli samolyot halokatga uçragan. Merfi halokat sababini aniqlaş uçun özi alohida tekşirib körgaç, texnik nazoratçi priborni notöğri ulagani ma'lum bölgan. Öşa vaqtda Merfi özining birinçi qonunini yaratgan. "Agar nimadir qiliş uçun 2 usul mavjud bölsa, birinçisi falokatga olib boradi, kimdir aniq öşa usulni tanlaydi".

Bu fenomenni "Merfi qonuni" deb nomlaşdi..."

Merfi qonunlaridan axborot texnologiyalariga doir ba'zi parçalar:

  • Aksioma. Istalgan dasturda xatolik mavjud.
  • Proporsionallik qonuni. Dastur qança katta bölsa, xatoligi şunça köp böladi.
  • Xatolik nazariyasi fundamental qonuni. Xatolikdan örganiş kerak.
  • Boşlanğiç dasturçiga. Agar birinçi marta dastur yozganingizda translator bittayam xato topmagan bölsa, demak bu haqda tizim administratoriga xabar bering. U translatordagi xatolikni tuzatib beradi.
  • Aniq rejalaştirilmagan dastur kutilgandan köra 3 marotaba köproq vaqt talab qiladi; batafsil öylangan dastur 2 marotaba.
  • Xatolik? Bu xatolik emas, bu tizim funksiyasi! Kompyuter "hammamizni ahmoq qiladi".