Qanday qilib dasturçi böldim?

Balki taqdir deyişar, lekin professional dasturçi bölmasligim ham mumkin edi. Çunki dasturçi bölişni avvaldan orzu qilmaganman, şaroitga moslaşiş tufayli dasturlaşni örgangandim.
TATU
Hom sut emgan bandamizda, öqişga kirganimizda kelajakda axborot texnologiyalari mutaxassisi bölib çiqamiz, yaxşi joyda işga tayyorlab qöyişgan deb öylaganmiz. 1-kursda Pascalni örgatişni boşlaşgandan bildimki, universitetdan faqat diplom bilan bitirib çiqiş mumkin. Yöq, universitetni yomonlaş niyatim yöq. Universitet örganişni, izlanişni örgatadi, örganiş uçun muhit yaratib beradi, lekin tayyor mutaxassis qilib çiqaradigan bilim bermaydi. Qöşimça kurslarga qatnaşiş kerak böldi. Universitet yordami bilan Yoş Dasturçilarni Tayyorlaş va Qöllab Quvvatlaş markazida dasturlaş hamda tizim boşqaruvi böyiça 3oylik kursda öqib çiqdim. C# darslari 3 oydan keyin esdan çiqib ketdi, lekin 3 oylik kurs boşqa tomoni bilan 3 yildan keyin yordam berdi.
Cinema Market
Universitetda birinçi kursni tugatganimdan keyin Cinema Market'da kontent-menejer bölib işga kirdim. U yerda Joomlada yasalgan saytga kontent kiritiş bn şuğullanardim. Keyinçalik Joomlada yana bitta sayt qilişga töğri keldi, uni hali CMS nimaligini tuşunmaydigan kontentşik bolaga (menga) berib qöyişdi. Oğir kunlarda yordamini ayamagan Google bilan birga joomlada saytni kötardim: Nomi acvo.uz edi. Undan taşqari, ofisdagi kompyuterlarga qarab yurardim. Direktor bn çiqişa olmaganim uçun 2 oydan keyin işdan ketdim. Cinema Market menga nima berdi? CinemaMagazine jurnalida rasmim çiqqanidan taşqari dasturlaşga kiriş yönalişni belgilab berdi. Kollejni bitirganimda HTML, CSSni bilardim. Demak endi PHPni örganiş kerak.
iVeo.uz
Cinema Marketdan böşagaç, PHP böyiça Popov videokursini örganib çiqdim, yana nomini eslolmaydigan kitoblarni öqidim, bilim bor lekin tajriba yöq talaba edim. Dasturlaş sohasida eng qiyini şu, bilim bor tajriba yöq. Ozgina bölsa ham tajriba bölişi uçun tekinga 2-3ta sayt yaratiş kerak. Universitetda köpçilik PHPni örgangaç tuzukroq şuğullanmay taşlab ketgan. Tajriba bölmasa ham internetda iş qidirdim va iVeo firmasida masofadan işlaşni boşladim. Hozir birinçi yozgan kodlarimni eslasam qörqib ketaman, tajribasiz dasturçining qilgan işi tayyor mahsulot uçun yetarli bölmaydi. Şunga qaramay, Toşkent şahridagi billbordlar egasi MediaCity kompaniyasining mediacity.uz sayti birinçi versiyasi - tajribasi yöq dasturçining mahsuloti edi. iVeo'da yana 2ta sayt qildim, firma egalari yoş, energiyasi bor bolalar edi. Faqat tajribasizlik sababli, proyekt detallarini hammasini aniqlaştirmasdan iş boşlaşim özimning zararimga işlagan :) Firmada asosan (3d-)dizaynerla edi. Bitta rus dasturçisi bölgan. Bir kuni uning kodini körib ötirib, Zend papkada nimalar turadi dib söraganim esimda)) 3ta saytdan keyin iVeodan boşqa zakaz olmadim.
Univerda 3-kursdan Zend Frameworkni örganişni boşladim. 3-4 oydan keyin comsoft.uz (2007-yilda oçilib 2010da yopilgan hi-tech ma'lumotlari sayti), elektron slovar dic.uz yozdim. Bularning hammasi Zendda tajriba orttiriş uçun qilingan işlar edi.
NBU
Student dasturçi deyarli heç kimga kerak emas edi, hozir ham şunday. Iş qidirib çarçadim, tuşkunlikka tuşib qolgan vaqtlarim edi, şunda taniş-biliş qilib NBU boş binosiga operator-stajer qilib, işga olib kirib qöyişdi, 6 oydan keyin tölaqonli işni boşlaşim kerak edi. Ammo 5-oyda işga kelmasligimni, öqiyotganim uçun işga olişmasligini etişdi. Ana xolos, vaqtliroq etişganda kelib yurmasdim.
SSD
2010-yili 3-kursni tugatayotganimda SSD dasturlaş studiyasiga suhbatga taklif qilişdi. Borsam, 3 oylik kursda öqitgan öqituvçim ötiriptilar. Şu firmada işlayotgan ekanlar, katta ehtimol bilan direktorga meni tavsiya qilganlar. Qiziği, bankdagi va'da qilingan oylikdan firmaning stajerga bermoqçi bölgan oyligi 2 baravar köp edi. Qisqa muddatda işlarim joyiga tuşib ketdi, 3 oy yoz ötib 4-kursda öqişim boşlangaç, yarim kun (6 soat) işlayotganimda ham, har oyning ohirida töliq iş kunida deb hisoblaşdi va oylik maoşni töliq berişdi. Qiziq tomoni - hodimlarga iş vaqtida töliq erkinlik berilardi va bu hodimning vijdonan işlaşiga olib kelar, samaradorlikka yaxşi ta'sir körsatar ekan, paradoks. Oldingi joylarda buni körmagandim.
Şuningdek, diplom işimga firmada qilingan fanzone.uz'ni körsatib qiyinçiliksiz 5 baho olib ketdim.
Xulosa
Agar CinemaMarketda direktor bilan kelişib ketganimda kontentşik bölib qolarmidim, yoki NBUda işga qabul qilişganda operatorlik qilarmidim, bilmadim. Ammo bitta narsa aniq:
Yaratganning rejasi bizning rejalarimizdan köra yaxşiroq... Hudoga şukur!