O’qituvchilar kuni

Bugun o’qituvchilar kuni! Men faqat onamni tabrikladim xolos))

Ijtimoiy tarmoqda ko’pchilik ustozini tabriklayapti, borib holidan xabar olaylik undan ko’ra, baraka topgurlar. 🙂

Birinchi o’qituvchimni 2 yil oldin (balki undan ko’p) ko’rgani boruvdik, katta bo’lib dunyoqarash, fikrlashimiz o’zgargan, shunga o’qituvchimni hozirgi yosh o’quvchilarining qilgan ishlarini etib berishlari bizga «g’alati» tuyulgan edi. 20yildan ortiq davomida 7-10 yoshli bolalar bilan ishlashi, ularga mehr berishi o’qituvchimni «bolajon»ga aylantirib qo’ygandi manimcha. Hozir nafaqadalar, nevaralarini o’ynatib yuradilar.

Boshlang’ich sinfdan juda yaxshi xotiralar qolgan. Sinfboshi edim, o’qituvchi chiqib ketganda bollaga dars o’tib turardim. O’qituvchi yo’qligi bilinmasdi.

Boshlang’ich sinfdan o’rta sinfga o’tgach, 5-sinfdan keyin, qafasdan chiqib ketgan maymunlani (ko’chma ma’noda albatta) boshqarishning iloji bo’lmay qolgandi. Sinfning o’zini qanaqa tutishi o’qituvchi/kuratorga bog’liq ekanini his qigandim o’shanda.