Fablet.uz - smartfonlar dökoni misolida muvaffaqiyatsiz startap

Fablet.uz startap haqida eşitmagan bölişingiz haqiqatga yaqin, sababi loyiha yarim yilgina işladi xolos. 2014-yilning ikkinçi yarmida işga tuşgan sayt, Xitoydan smartfonlar olib keltiriş uçun buyurtmalar qabul qilişga möljallangan edi.
Loyiha quyidagilar hisobiga ustunlik qilişi közda tutilgandi:
- Past ustama narx.
Tovarning keliş narxiga 15-20% qöyiladi. Tahminan, Xitoydagi narxi $150 bölgan smartfon Özbekistonga kelgaç, haridorga $175-$180 ga tuşadi. Malikada sotilayotgan Xitoy smartfonlariga örtaça 40-50% qöyilişini hisobga olsak, haridorga 1 oy kutiş evaziga arzon smartfon harid qiliş imkoniyati bölar edi.
- Dasturiy qöllab-quvvatlaş.
Xitoy apparatlarining eng katta kamçiligi aynan dasturiy ta'minotda (proşivkada). Buyurtma asosida keltiriladigan smartfonlar aslida içki bozorda sotiladi va ularning proşivkasida xitoy va ingliz tillari örnatilgan böladi. Smartfonlar bilan savdo qiluvçilar buyurtmani yuborişdan avval çala tarjima qilingan proşivkani örnatib, ba'zi virus dasturlarni qöşib yuborişadi. Turgan gapki, çala tarjima qilingan proşivkali smartfonni sotib bölmaydi, "Xitoy apparat şu ekande" deydigan yoki sifati yomon ekan deb pulni qaytarişni talab qiladiganlar albatta topiladi. Şu bois, foydalanuvçiga mahsulotni sifatli yetkazib beriş uçun proşivkani yangilab, keraksiz dasturlarni öçirib çiqiladi.
Barçasi yaxşi boşlandi, loyiha işga tuşgaç dastlab tanişlar buyurtma berişni boşlaşdi. Ammo birin-ketin çiqqan kamçiliklar ("подводные камни" deyiş töğriroq bölardi) ohir oqibat loyihadan voz keçişga olib keldi:
- Injiq smartfonlar.
Lenovo hamda Xiaomi smartfonlarini yaxşi köraman, sababi ularning proşivkasini yangilaşda aytarlik muammo çiqmaydi. Boşqa brenddagi smartfonlarga esa (Meizu ham şular içida) yoki tuzuk proşivka çiqmasdi, yoki yangilangan proşivkadan keyin smartfonni ba'zi funksiyalari işlamay qolardi. Buning yagona yöli inglizça yoki çala rusçaga tarjima qilingan proşivkani qoldiriş bölardi.
- Poçta xizmatidagi yöqotişlar.
6 oy içida 3 ta smartfon Xitoydan çiqib Özbekistonga yetib kelmadi. Xitoydan yuboruvçi ham, biz ham uni qayerda ekanini bila olmadik. Ohir oqibatda biz haridorga pulni qaytardik, keyinroq buyurtmani yuboruvçi bizga pulni qaytarib berdi. Heç narsa yöqotilmagandek körinişi mumkin, aslida biz 2 oy vaqt va haridorning işonçini yöqotdik.
- Sömning qadrsizlanişi.
Menimça bu eng asosiy sabablardan biri. Haridor bizga sömda tölardi va biz xorijiy valyutada buyurtma berardik. 2015-yil bahor oylarida söm keskin qadrsizlangaç, buyurtmalar 1 oy içida bizga 20% foyda emas, balki zarar keltirdi. Keyin esa kursning beqarorligini hisobga olgan holda buyurtmalar qabul qilişni töxtatdik.
Loyihadan qanday xulosalar çiqardik:
-
Xitoy smartfonlari bilan biznes qiliş uçun avvaldan aniq brendni tanlab oliş va boşqalariga aralaşmaslik kerak. Lenovo va Xiaomi yaxşi variantlar böladi, sababi ikkala brend smartfonlarining proşivkasini özgartiriş osonroq hamda rus forumlarida ularning qöllab quvvatlanişi köproq.
-
Haridorgir smartfonlarni avval olib keltirib, keyin sotuvga çiqariş işni tezroq yurişiga olib keladi va milliy valyuta qadrsizlanganda yöqotişlardan saqlaydi.
-
Texnik xizmat körsatişni taşkil qiliş kerak. Birinçidan - qöşimça foyda olib keladi, ikkinçidan - dökoningizga işonç ortadi.
Şunaqa gaplar...