Uçraşuv

Töy. Çiroyli tarzda bezatilgan restoran mehmonlarni kutib olmoqda. Kelin-kuyovning kelişi uçun barçasi muhayyo. Restoran içi yal-yal yonadi, ayniqsa kelin-kuyov ötiradigan stol atrofi turli xil gullar bilan bezatilgan. Mehmonlar esa töyning boşlanişini sabrsizlik bilan kutişmoqda.
Atrofni kuzatib çiqar ekanman, nogahon ön yil avvalgi taniş holat - tanamdan olov çiqib ketgandek böldi. Kelin tarafdagi stolning birida taniş çehra, bir vaqtlar oromimni öğirlagan tabassumini hadya etgança hamsuhbati bilan gaplaşib ötirardi. Men esa kiçik şokdan söng özimga kelgaç, uni asta kuzata boşladim: Qiziq, ötgan yillar uning çiroyiga zarraça zarar yetqizmagan, hattoki közlaridagi bilinar-bilinmas ma'yuslik ham öziga yaraşgan edi. Şu tobda 30 qadam narida ötirgan ayol bilan meni sakkiz yillik umr ajratib turardi, u bilan taqdir çorrahasida noiloj hayrlaşgandim...
Sentyabrning iliq kunlari boşlangaç, özimiz uçun qadrli bölgan kollejga öqişga qaytdik.
Qönğiroq çalingan bölişiga qaramay, darsga kirişga şoşilmasdan, döstlarim bilan binoning kiriş qismida ta'til taassurotlarini bölişib turgan vaqtimizda, navbatçi qizlardan biri dars boşlanganini va xonaga kirişimizni iltimos qildi. "Aqllilik" qilayotgan qizning kimligini biliş uçun hamma qayrilib qaradi, söngra ketişga çoğlanişdi. Men esa şaxlo közlar egasi bölgan qiz ötirgan navbatçilar oldiga borib biroz uşlanib qoldim.
Beş daqiqadan söng kursdoşim men bilan bölib ötgan voqeani gapirib berib, hammani kuldirib ötirardi: "Şer qizlani oldiga bordide, qölidigi daftarni stol ustiga otib, qizlani örab keldi..."
Yöq, men qizning ismini bilmasdim, u haqida umuman heç narsa bilmasdim. Şunçaki uning ovozini yana eşitiş, tabassumidan yana bahramand böliş uçun oldiga borgandim. Harqalay, birinçi suhbat ta'siridan bölsa kerak, kulib salom-alik qiladigan böldik. Keyinroq orqavarotdan ismini va guruhini bilib oldim.
Kunlar şu tarzda ötardi, undan menga nima kerakligini tuşunmasdim. Men uçun har kuni uni köriş yetarlidek tuyulardi. 17 yoşli ösmir va 16 yoşli qiz örtasida yana nima bölişi mumkin? Şu alfozda bir yil ötdi. Ta'til boşlangaç, hijron azobi ham özini kuttirib qöymadi. Uni yana köriş uçun öqiş boşlanişini sabrsizlik bilan kutardim. Uç oy men uçun uç yil bilan barobar edi.
Yana sentyabr. Biz nihoyat uçraşdik. Uni körgaç içimdan olov gupillab çiqqandek böldi. U biroz özgargan, yanada gözallaşgan, har bir harakati öziga yaraşib turardi. Içimdagini aytişga ğururim yöl qöymasdi. U ham sezib turgan bölsada özini bilmaganga solardi. Göyoki öziga ipsiz boğlagan, yonidan ketgim kelmasdi...
U oilasida tört qizdan ikkinçisi edi. Opasi allaqaçon uzatilib ketgan, singlisi esa özidan 2 yoş kiçik edi. Men universitet talabasi edim, u esa öqişga topşirib körmoqçi edi. Iç-içimdan öqişga kirişini xohlardim, şunda uni uzatişlarini keçiktiriş imkoni bölardi. Yöq, möjiza yuz bermadi. U öqişga kirolmadi.
"Ota-onam nima deyişsa - şu böladi". Uning bu sözlari yöllarimizni belgilab bergandi. Men talaba holimda sovçi qöyolmasdim. Ota-onasi esa kutib tura olişmasdi. Uni uzatişlarini kutib ötirmasdan ajraşdik...
Meni butkul unutişini xohladim, qalbimning bir burçagiga esa tuproq tortgandim. Qayta oçmaydigan bölib.
Öşanda men uni ohirgi marta kördim deb öylagandim, ammo taqdir bexos bizni yölda uçraştirdi. Közlar töqnaşgaç, içimdan yana olov gupillab çiqqandi. Uning nigohida alam, nafrat bor edi. Ha, men qörqoqqa nisbatan nafrat. Ahir özim şuni xohlamaganmidim? Afsuski bu uçraşuv ham ohirgisi bölmagan ekan...
...Töy şovqini quloğimga kirmasdi; qanday qilib bölmasin, bir daqiqaga bölsa ham u bilan suhbatlaşmoqçi, hayotidagi yangiliklardan söramoqçi edim.
- Salom.
U meni körgaç bir zum qotib qoldi, keyin boş qoqib qöydi.
- Yaxşimisiz. Poççamla yaxşimila.
- Ha yaxşila, Hudoga şukur...
Uning oldiga 3-4 yaşar bola yugurib kelib, menga qiziqib qaradi.
- Kelaqol bolam.
- Közlari siznikiga öxşarkan.
- Rahmat. Adasiga köproq öxşatişadi.
- Yaxşi. Mani öğlim ham yaqinda yurib ketsa kerak.
- Haa... Mayli biza boriylik. Yuraqo, Şerzodim.
Men esa joyimda qotib qolgan edim. U öğliga ismimni qöygandi...