Bozor

Bugun dam oliş kuni bölgani uçun boş oqqan tomonga qarab ketaverganimda, yölda yoyma bozor rastalarini uçratdim. Aslida bozor uzoqda emas ekan, men yaşayotgan joydan 20 daqiqada piyoda yetib oliş mumkin. Bu yerda har xil mevalar, sabzavotlar, baliqlar, şirinlik va tez tayyor böladigan ovqatlar, kiyim-keçak va hatto kundalik kerak böladigan mahsulotlarni topsa böladi.
Mevalar
Bir boğ banan 5 ringgit (tahminan 9500 söm). Bu bananlar yoki jaydari sort yoki hali ohirigaça pişmagan. Kalta-kalta ekan. Mazasi şirin, biroz nordonligi ham bor. Nok va ba'zi mevalar Avstraliyadan import qilinadi.
Yaşil mevaning nomini bilolmadim, keyinroq uni Bangkokda yeb kördim. Mazasi pişay deb qolgan nokga öxşaydi.
Uzum ham bor. 2-3 xil navli. Menimça uzum ham çetdan import qilinadi.

Malayziya mevalaridan şunisi köproq yoqdi - Jeykfruit. Ötkir yoqimli hidga ega. Mazasi Turbo jevaçkani eslatib yuboradi.
Bizga taniş mevalar
Kokos. Kokos suvini oldin içib körmagandim. Juda şirin böladi deb öylarkanman, şirasi köpmas. Yoki omadim kelmadi :)
Mango. Şirin, suvli meva. Mangoni avvalroq supermarketdan olgandim. 1tasi 3 kunga yetdi. Sariği şirinroq. Mahalliy mevadan yoki Pokistondan keltirilganidan oliş kerak, Indoneziyaniki unça şirin çiqmadi.
Dragonfruit (Ajdarho-meva?). 2 xili bor: Içi oq va qizil. Oqidan ta'tib kördim, mazasi kiviga yaqin. Nordoni kiviga nisbatan kam. Yaxşi meva.
Sariq tarvuz. Mazasi oddiy tarvuzga öxşaş.
Fast-fud
Bu yerda fast-fud köçada gamburger/hotdog emas, boşqaça ovqatlar.
"Makarons". Guruçdan yoki guruç unidan tayyorlanar ekan
Deyarli barçasi köz oldingizda tayyorlanadi. Afsuski tuşlik qilib bölganim uçun degustatsiyaning imkoni bölmadi. :)
Baliqdan "fast fud". Hidi badböy. Malaylar yaxşi körişadi.
Har xil şirinliklar. Yaşil pirog Şarqiy Osiyo mamlakatlarida keng tarqalgan. Juda yumşoq böladi, yaşil rangi pandan nomli ösimlik suvi qöşilgaç çiqadi.


Tay yaşil çoyini Kuala Lumpurda kafeda içib kördim, qandaydir ösimlik va sutning mazasi bor. Nimaligini tuşuna olmadim. Rasmdagi qolgan soklar tuşunarli şekilli :-)
Şaşliklar. Bular endi pişiriladi. Tovuqligi va baliqligi böladi. Ikkisi ham mazali çiqadi. Ularning pişgani 7/11 dökonida ham sotilişi bois, avvalroq ta'tib körgandim. Baliqligi tez me'daga tegadi.


Baliqlar
Eng gavjum joy baliq rastalari oldida edi. Bu tabiiy, Malayziya xalqi baliqni köp iste’mol qiladi.
Törga tuşganlarini olib kelaverişgan. Har xilidan bor.
Hattoki skat va sakkizoyoq bor :)

Mayda qisqiçbaqa (krevetka)

Mayda baliqlar. Barçasining öz haridori bor. Masalan öta mayda baliqlar pişirib, quritilib Malayziyaning milliy taomlaridan biri bölgan "nasi lemak"da garnirlardan biri sifatida beriladi.

Va albatta tovuq göşti