Malayziyada Islom

Islom dinining Malayziyaga kirib kelishi
Malayziyada aholining 61% dan ortiq qismi islom diniga e'tiqod qiladi. Islomning ushbu davlatga, umuman, janubi-sharqiy osiyoga kirib kelishi o'ziga xos. Ko'pchilik manbalarda yozilishicha islom dini hind-musulmon savdogarlari orqali kirib borgan. Aslida oralarida sahobalar ham bo'lgan arab savdogarlari 7-asr boshidayoq Malay arxipelagi, Hind-Xitoy hamda Xitoyga qadam ranjida qilganlar (Shu jumladan, tirikligidayoq jannat bashorati berilgan mashhur 10 ta sahobalardan biri Sa'd ibn Abu Vaqqos, hazrati Usmon (roziyallohu anhu) davrlarida, Xitoyga islomni yoyish uchun tashrif buyurganlar va o'sha yerda vafot etganlar). 12-asrlarda hind-muslim savdogarlari Malayziya yerlariga tijorat maqsadida tashrif buyurganlar. Musulmonlarning to'g'riso'zligi, savdoda yolg'on ishlatmasligi, ozoda yurishi mahalliy aholida chuqur taassurot qoldirgan va islom dini boshqa o'lkalardan farqli ravishda janubiy-sharqiy osiyoga tinch yo'l bilan kirib kelgan. 15-16 asrlarga kelib esa malay aholining asosiy dini islomga aylanib bo'lgandi. Malayziyada asosan Ahli Sunna val Jamoaning Imom Shofeiy (rahmatullohu alayhi) mazhabiga amal qilishadi. Shofeiylik mazhabida bizdagi hanafiylik mazhabidan ba'zi kichik farqlar mavjud. Masalan, asr namozi vaqtini belgilash, sajdaga ketish oldidan qo'llarni ko'tarish, zam sura oldidan ovoz chiqarib "Omin" deyish va h.k (Farqlar sababini bilish uchun rahmatli shayh hazratlarining "Ixtiloflar, sabablar, yechimlar" kitobini o'qib ko'rishni tavsiya qilaman). Masjidda ahli sunnaning boshqa mazhablari (hanafiy, molikiy, hanbaliy) ham imomga iqtido qilib namoz o'qiyverishadi. Katta masjidlarda ayollarga orqa qatorda turib namoz o'qishga ruxsat berilgan (bu ham shofeiy mazhabi bilan bog'liq). Ko’pgina katta savdo markazlarida, ishxonalarda namoz o’qib olish uchun Surau deb atalgan xonalar mavjud. Malayziyada ikki hayitdan tashqari hijriy yilning birinchi kuni (yangi yil sifatida) va mavlid ham bayram qilinadi.Milliy masjid
Kuala Lumpurning bosh masjidi hozirgi kunda Masjid Negara hisoblanadi. 1965-yilgacha esa Masjid Jamek bosh masjid hisoblangan. Milliy masjidga musulmon bo'lmagan turistlar uchun ba'zi vaqt oraliqlaridagina (ikki namoz oralig'ida) ruxsat beriladi. Shunda ham namoz o’qiladigan asosiy binoga kirish ta'qiqlangan bo'ladi. [caption id="attachment_256" align="alignnone" width="957"]
Masjid Negara[/caption]
Musulmon turistlar eshik oldidagi daftarga o'z ism-familiyasi, davlat nomini yozib, qo'l qo'ygan holda, "Assalomu alaykum" deb kirib ketadilar. :) E'tiborli tarafi, oyoq kiyim masjid hovlisiga kirish qismidayoq yechiladi. Ayollarga hijobga o'xshash maxsus kiyim, erkaklar agar shortikda bo'lsa, ularga ham maxsus kiyim beriladi.
[caption id="attachment_255" align="alignnone" width="957"]
Masjid Negara hovlisi[/caption]
[caption id="attachment_254" align="alignnone" width="957"]
Masjid Negara ichkarisi[/caption]
Tahoratxonalarda turib tahorat qilinadi, o'tirish uchun stul qo'yilmagan. Malayziyada harorat 20 gradusdan pastga tushmasligi bois, tahorat uchun issiq suvning hojati ham yo'q. Tushadigan suv o'zi iliq bo'ladi.
Milliy masjidning asosiy binosi katta, chiroyli. Bizdagidan farqli biror narsa uchratmaysiz.
[caption id="attachment_251" align="alignnone" width="957"]
Masjid Negara asosiy binosi[/caption]
Masjid Negara asosiy binosi[/caption]

Malayziya Islom madaniyati muzeyi
Masjiddan 200 metr narida islom madaniyati muzeyi joylashgan. [caption id="attachment_248" align="alignnone" width="957"]
Islom tarixi muzeyi tashqaridan ko'rinishi[/caption]
Muzeyga kirish narxi 14.85 ringgit (~$3.5). Muzey 5 qavatdan iborat bo’lib, 1-qavati (menimcha) administratsiya uchun ajratilgan. Ikkinchi qavatda kafe; kitoblar va har xil suvenirlar do’koni; maydan dekabrgacha bo’lib o’tayotgan rasmlar konkursining sara rasmlari o’rin olgan.
[caption id="attachment_247" align="alignnone" width="957"]
Ikkinchi qavat[/caption]
[caption id="attachment_246" align="alignnone" width="957"]
Muzey hovlisi[/caption]
[caption id="attachment_245" align="alignnone" width="957"]
Qadimgi astronomik asboblar. Kolleksiya uchun yig'ilsa kerak, narxi juda qimmat[/caption]
[caption id="attachment_243" align="alignnone" width="957"]
Qur'onning Xitoydagi nusxasi[/caption]
[caption id="attachment_242" align="alignnone" width="957"]
Xitoydan keltirilgan eksponatlar[/caption]
[caption id="attachment_241" align="alignnone" width="957"]
Afsuslanarlisi, Boburiylar saltanati Mugallar deb ko’rsatilgan. Sababi o’sha vaqtlarda mahalliy aholi bosqinchilarni mugal deb atagani bo’lsa kerak.[/caption]
[caption id="attachment_239" align="alignnone" width="957"]
19-asrda Hindistonda 1 yil podshohlik qilgan yosh bola uchun yasalgan taxt ekan :)[/caption]
[caption id="attachment_238" align="alignnone" width="957"]
Sudanda topilgan Qur'on nusxasi[/caption]
[caption id="attachment_237" align="alignnone" width="720"]
Kaaba eshigi ustiga yopilgan mato. Menimcha bu eksponat muzey bezagi bo’lsa kerak.[/caption]
[caption id="attachment_236" align="alignnone" width="957"]
Bu ko’rinishidan oddiy gilamchaga o’xshayapti. Aslida Qur’on to’liq holda mayda qilib yozib chiqilgan.[/caption]
Muzeyda bir necha tarixiy obyektlarning maketi qo’yilgan. Ular orasida Bibixonim, Minorai Kalon ham bor :)
So’nggi qavatni islomning yoyilish yo’nalishlari hamda Falastin tarixiga atalgan devorlar boshlab beradi:
[caption id="attachment_227" align="alignnone" width="957"]
Islomning yoyilish yo’nalishlari[/caption]
[caption id="attachment_226" align="alignnone" width="957"]
Unutilgan tarix va madaniyat. Falastin :'([/caption]
[caption id="attachment_225" align="alignnone" width="957"]
Bizning qadimiy kiyimlarimiz[/caption]
Ko’pgina rasmlarni qo’ymadim, qiziquvchilar internetda “Muzium Kesenian Islam Malaysia” so’rovi bo’yicha maqolalar va rasmlarni topishlari mumkin.