Malayziya ekvatorga yaqin joyda va ikki dengiz oralig’ida joylashgani uchun qishin-yozin deyarli bir xil ob-havo bo’ladi. O’rtacha harorat kunduzi 32-33 gradus, kechqurun 22-23 gradusgacha tushishi mumkin.
Kuala Lumpurda yillik o’rtacha harorat:
Agar Toshkentda 32-33 gradus bo’lsa, bu normal harorat bo’lardi, shunday emasmi? 🙂 Kuala Lumpur ob-havosining Toshkentdan farqli tarafi shundaki – bu yerda namlik yuqori. Tashqarida 5-10 daqiqa yurgach, terlab, diskomfort his qilish mumkin.
Malayziyada yomg’irlar mavsumi oktyabrdan boshlanib aprelgacha davom etadi. Albatta yomg’ir ertalabdan kechgacha yog’maydi, ba’zi kunlarda umuman yog’masligi ham mumkin. Yuqori namlikni hisobga olmaganda, mavsum o’zimizning bahor fasliga o’xshaydi. Quyosh chiqib turgan bo’lsa, 1 soat ichida qora bulut qoplab jala quyib beradi. Ba’zan kun bo’yi maydalab yog’adi.
Plyaj-orollarda esa yog’ingarchilik kuchli bo’ladi, to’fon ko’tariladi, shu sababli noyabr oyidan boshlab ba’zi qirg’oqqa yaqin dam olish zonalari xizmat ko’rsatishni to’xtatishadi.