Malayziyada ob-havo

Malayziya ekvatorga yaqin joyda va ikki dengiz oraliğida joylaşgani uçun qişin-yozin deyarli bir xil ob-havo böladi. Örtaça harorat kunduzi 32-33 gradus, keçqurun 22-23 gradusgaça tuşişi mumkin.
Kuala Lumpurda yillik örtaça harorat:

Agar Toşkentda 32-33 gradus bölsa, bu normal harorat bölardi, şunday emasmi? :) Kuala Lumpur ob-havosining Toşkentdan farqli tarafi şundaki - bu yerda namlik yuqori. Taşqarida 5-10 daqiqa yurgaç, terlab, diskomfort his qiliş mumkin.
Malayziyada yomğirlar mavsumi oktyabrdan boşlanib aprelgaça davom etadi. Albatta yomğir ertalabdan keçgaça yoğmaydi, ba'zi kunlarda umuman yoğmasligi ham mumkin. Yuqori namlikni hisobga olmaganda, mavsum özimizning bahor fasliga öxşaydi. Quyoş çiqib turgan bölsa, 1 soat içida qora bulut qoplab jala quyib beradi. Ba'zan kun böyi maydalab yoğadi.
Plyaj-orollarda esa yoğingarçilik kuçli böladi, töfon kötariladi, şu sababli noyabr oyidan boşlab ba'zi qirğoqqa yaqin dam oliş zonalari xizmat körsatişni töxtatişadi.
