Aquaria KLCC – 250 dan ortiq turdagi, 5000 ga yaqin suv jonzotlarini o’z ichiga olgan ulkan okeanarium bo’lib, 2005-yilda foydalanishga topshirilgan. Bu yerda Malayziya va boshqa davlatlardan keltirilgan suv hayvonlari bor.
Kirish kattalar uchun $17, 3 yoshgacha bolalar uchun bepul. Mastercard va Visa kartalari qabul qilinadi.
O’g’lim Zokirjonga baliqlar yoqdi 🙂
Okeanariumning asosiy qismi – katta akvarium. Akvarium yo’lakchasiga gorizontal eskalator o’rnatilgan. Bitta joyda turgancha akvariumni tomosha qilib aylanib chiqish mumkin.
Pozitiv baliqlar 😀
Skatlar:
Meduzalarning turlari ko’p, ular orasida chaqishi o’limga olib boradiganlari ham bor. Meduzalarning 1-2 chaqishi inson hayotiga xavf tug’dirmasligi mumkin, ammo 10tadan ortiq chaqish allergik shokni keltirib chiqaradi va hayot uchun xavfli holatga olib keladi. Ko’pgina dengiz bo’yidagi plyajlarda meduzalardan himoyalanish uchun dengizga yaqin qismida to’r tortib qo’yiladi.
Dengiz otlari. Qorni kattalari bolalar tug’ish arafasida.
Dengiz otlarida ota bolalarni tug’arkan!))
Okeanariumda tirik jonzotlardan tashqari, katta akulalarning jag’ suyaklari va har xil eksponatlar ham qo’yilgan. Devorlarda qiziq faktlar va baliqlar haqida ma’lumot beruvchi posterlar mavjud.