Aquaria KLCC

Aquaria KLCC - 250 dan ortiq turdagi, 5000 ga yaqin suv jonzotlarini öz içiga olgan ulkan okeanarium bölib, 2005-yilda foydalanişga topşirilgan. Bu yerda Malayziya va boşqa davlatlardan keltirilgan suv hayvonlari bor.
Kiriş kattalar uçun $17, 3 yoşgaça bolalar uçun bepul. Mastercard va Visa kartalari qabul qilinadi.




Öğlim Zokirjonga baliqlar yoqdi :)







Okeanariumning asosiy qismi - katta akvarium. Akvarium yölakçasiga gorizontal eskalator örnatilgan. Bitta joyda turgança akvariumni tomoşa qilib aylanib çiqiş mumkin.






Pozitiv baliqlar :-D

Skatlar:










Meduzalarning turlari köp, ular orasida çaqişi ölimga olib boradiganlari ham bor. Meduzalarning 1-2 çaqişi inson hayotiga xavf tuğdirmasligi mumkin, ammo 10tadan ortiq çaqiş allergik şokni keltirib çiqaradi va hayot uçun xavfli holatga olib keladi. Köpgina dengiz böyidagi plyajlarda meduzalardan himoyalaniş uçun dengizga yaqin qismida tör tortib qöyiladi.


Dengiz otlari. Qorni kattalari bolalar tuğiş arafasida.

Dengiz otlarida ota bolalarni tuğarkan!))

Okeanariumda tirik jonzotlardan taşqari, katta akulalarning jağ suyaklari va har xil eksponatlar ham qöyilgan. Devorlarda qiziq faktlar va baliqlar haqida ma’lumot beruvçi posterlar mavjud.