WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

Masjid Jamek (Jome Masjid)

Masjid Jamek

Juma namozini öqiş uçun Kuala Lumpurdagi katta maçit - Masjid Jamek ga yöl tuşdi.

Masjid Jamek - malay tilidan tarjima qilinganda boş maçit (yoki jome maçit) ma'nosini bildiradi. Jamek Malayziyadagi eng qadimgi maçit hisoblanadi, u 1909-yilda foydalanişga topşirilgan (ma’lumot uçun, Kuala Lumpur şahri 1859-yilda). 2017-yil qayta ta'mirdan çiqgaç, nomi "Masjid Sulton Abdul Samad"ga özgardi (Sulton Abdul Samad 19-asrning ikkinçi yarmida hozirgi Selangor viloyati hududida 41 yil hukmronlik qilgan, Kuala Lumpur şahrining asosçisi hisoblanadi). Maçit 1965-yilgaça, Masjid Negara oçilgunga qadar, şaharning boş maçiti hisoblangan. Hozirgi kunda 1000 tagaça odam siğdira oladi.

Masjid jamek hovlisi

Maçit mavritan stilida qurilgan bölib, qizil-oq ranglarda böyoq berilgan. Qiziği, maçit arxitektori - Artur Xabbek, ingliz.

Maçit xonaqohi biroz kiçikroq, 100ga yaqin odam siğsa kerak. Xonaqohdan taşqari oçiq ayvonlar qurilgan. Malayziyada sovuq bölmasligi bois, ayvonlar gavjum böladi.

Masjid Jamek ayvoni

Maçitda bizdagiga öxşab, qaysi mazhabda namoz öqilişi yozib qöyilmagan. Boşqa maçitlar singari, bu yerda ham Şofeiy mazhabida namoz öqiladi. Ahli Sunna val Jamoaning boşqa mazhablari imomga ergaşib namoz öqiyverişi mumkin. Umuman olganda, qanday namoz öqişi bilan heç kimning işi yöq.

Köça issiq bölgani uçun konditsioner işlayotgan asosiy xonaqohga kirib, domladan 4 qator uzoqlikda ötirdim. Afsuski, malay tilini bilmasligim bois, ma’ruza mavzusi nima haqida ekanligini bilolmadim.

Boşqa rasmlar:

Masjid jamek hovlisi

Masjid Jamek hovlisi - Jumadan söng

Masjid Jamek hovlisi - Jumadan söng