WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

React böyiça darslar. Reactni örnatamiz

React

React kutubxonasini örganişni boşladim va kimgadir asqotib qolişi uçun örganiş jarayonini post sifatida joylaştirib boraman.

React özi nima?

Bu - foydalanuvçi interfeyslarini yasaş uçun möljallangan Javascript kutubxonasi. U Facebook, Instagram va individual dasturçilar tomonidan qöllab-quvvatlab turiladi.

Kutubxona dasturçilarga ma'lumotlarni yetkazib beruvçi va sahifani yangilamagan holda özgartiruvçi veb-ilovalar yasaşda qöl keladi. Uning asosiy maqsadi tezlik, oddiylik va moslaşuvçanlikdir. Ilovalarda kutubxona faqatgina foydalanuvçi interfeyslarini işlab çiqişda qöl keladi va boşqa Javascript kutubxonalari bilan birga işlatilişi mumkin.

Örnatişga talablar:

  1. React Javascript kutubxona bölgani uçun uni boşlaşdan avval Javascriptni bilişingiz talab etiladi. https://reactjs.org/ - bu yerda kod sintaksisi va ba'zi misollarni körib çiqişingiz mumkin.
  2. Kompyuterda Nodejsning ohirgi versiyalaridan biri örnatilgan bölişi kerak. Maqola yozilayotgan paytda sönggi versiya Node 8.9.4 edi. Qanday qilib örnatiş: https://dasturchilar.uz/posts.php?id=207
  3. Node package manager (NPM)ni örnatiş - buni alohida örnatişning keragi yöq, npm şundoq ham node içida keladi. npm versiyasi eskiroq bölsa, uni quyidagi buyruq bilan yangilaş mumkin:
npm install npm@latest -g
  1. Ingliz tilini öqib tuşuna oladigan darajada biliş ;-)

Reactni örnatiş

Create React App yangi ilova yaratiş uçun eng qulay vosita bölib, sizga fayl strukturasini tayyorlab beradi. Uni örnatiş uçun quyidagi buyruqni işlating:

npm install -g create-react-app

Dastur strukturasini yaratiş uçun:

create-react-app my-app

Bunda fayllardan iborat my-app nomli papka yaratiladi. Keyin papkani içiga kirib, dasturni işga tuşiramiz:

cd my-app
npm start

Hammasi töğri işlagan bölsa, brauzerda http://localhost:3000 oçilişi va "Welcome" yozuvi körinişi kerak:

Reactni örnatiş React örnatildi

Hello world

Eng oddiy misol quyidagiça böladi:

ReactDOM.render(
  <h1>Hello, world!</h1>,
  document.getElementById('root')
);

Uni /src/App.js fayliga quyidagiça yozişingiz mumkin:

import React, { Component } from 'react';
import logo from './logo.svg';
import './App.css';

class App extends Component {
  render() {
    return (
      <h1>Hello, world!</h1>
    );
  }
}

export default App;

Yana bir varianti (createElement yordamida):

import React, { Component } from 'react';
import logo from './logo.svg';
import './App.css';

class App extends Component {
  render() {
    return React.createElement("h1", null, 'Hello World');
  }
}

export default App;

Komponentsiz körinişi:

import React, { Component } from 'react';
import logo from './logo.svg';
import './App.css';

const App = () => <h1>Hello world</h1>

export default App;

Javascriptga öxşamaydi, şunaqami? :-D

React sintaksisi ES6 va JSXdan iborat bölib, umumiy holda Javascriptning zamonaviy körinişiga ega.