WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

Bangkokda yangi yil

Bangkokda yangi yil

Uydagi televizorda özbek kanallari körsatmasligi bois, har yili yangi yil arafasida orziqib kutadigan "Один дома" kinosini körişning imkoni bölmadi. :-D Şu sababli, zerikib qolmaslik uçun keçki ovqatdan keyin köça aylangani çiqdik. Har kuni işga borişda va qaytişda, qutilardan katta sun'iy arça yasab qöyilgani va atrofida köpinça bekorçilar yurişini körib, yangi yil bayrami şu yerda nişonlansa kerak deb öylagandim. U yerga borganimizda esa, deyarli heç kim yöq edi :-)

Çong nonsi BTS bekati yaqinidagi arça Çong nonsi BTS bekati yaqinidagi arça

Çong nonsi BTS bekati yaqinidagi arça Sovğalar kimga atalganini bilolmadim :)

Bu yerda biroz rasmga tuşgaç, internetdan qayerda yangi yilni nişonlaşayotganligi haqida qiziqdim. Daryo böyidagi Asiatique, markazdagi Central World, va har xil restoranlar orasidan Central World savdo markazi ma'qulga öxşadi: 3 bekat narida, oldindan joy buyurtma qiliş ham şart emas ekan.

Kelgan joyimizda bekatning özida odam köp edi. Bekatdan çiqiş yöllaridan biri Bangkokdagi katta savdo markazlaridan biri - Siam Paragonga tutaşgani uçun dastlab savdo markazini aylanib çiqdik.

Aslida dökon aylaniş menga köp ham yoqavermaydi, şuning uçun tezroq tomoşa qilib çiqib ketmoqçi edik. Yuqori qavatlarni aylanarkanmiz, avtomobillar salonini uçratdik...

Maserati Maserati

Maklaren Maklaren

Ularning rasmiga 2 sekund qarab ötib ketiş mumkindir, lekin köz oldingizda turgan avtomobil kamida 2-3 daqiqa sizni uşlab turadi.

Rolls Roys Rolls Roys

BMW BMW

Aston martin Aston martin

Porşe Porşe

BMW BMW

Siam Paragon'dan çiqgaç, yana odamlar orasiga qöşilib hamma ketayotgan joyga qarab yurdik. Odam juda köp, yöllar berkitilgan.

Yölimizda budda ibodatxonasi çiqdi. U yerda baland ovozda nimalarnidir öqişardi.

Ibodatxona hovlisi Ibodatxona hovlisi

Nima ham deymiz, şu haykalni yasaganlarning fantaziyasiga qoyil qoliş kerak. Lekin nima uçun zamonaviy dunyoda odamlar hali ham özi haykal yasab özi siğinib ötirganiga izoh topolmadim.

Bu qanday daraxt bilasizlarmi?

Buni xalq tilida pul daraxti deyişadi. Ruslar östirişadi köpinça. Lekin aslida bu pul daraxti emas. Mana bu PUL DARAXTI:

Odamlar pulni çöpga örab, daraxt oldiga tiqib ketişyapti :-D

Nihoyat markaziy maydondamiz!

Maydon çiroyli bezatilgan, odam köp. Hamma içkariroqga kirişni xohlaydi.

Bu yerga kelganimizda soat 22:00 edi. Vaqt ötkaziş uçun Central World binosiga kirib çiqdik. 1 soatdan keyin çiqib uyga ketişni möljallagandik. 11dan keyin çiqib 1 bekat naridagi metro stansiyasiga borişga 1 soat vaqt ketdi. Hammayoqda bayram, odamlar ketiş haqida öylaşmas, salyut kutişardi.

Maydondan bir amallab çiqib olib, metro bekatiga çiqqanimizda soat 23:55 edi. Birozdan keyin salyut ham boşlandi va salyutni metro bekatida tomoşa qildik :-)