WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

Frilans haqida

Frilans haqida

Frilanser va frilans nima?

Frilanser - buyurtmaçi tomonidan tayinlangan biror xizmatni köp hollarda masofadan turib bajaruvçi, ştatdan taşqari hodim. Frilanser jurnalistika va axborot texnologiyalari sohasida köp tarqalgan sababi bu yönalişlarda masofadan turib işlaş imkoni mavjud.

Frilans deb frilanser bilan avvaldan kelişilgan işni bajarişga ma'lum bir muddat va tölov hisobiga yollaş jarayoniga aytiladi.

Masofaviy iş - iş beruvçining ofisi örniga uyda/kafeda/şaxsiy iş joyida ötirib işlaş jarayoni hisoblanadi.

Frilansning afzalliklari va kamçiliklari:

Afzalliklari:

  1. Loyihalarni özingiz tanlaysiz.
  2. Iş vaqtini özingiz rejalaştirasiz
  3. Köp pul topiş imkoniyati bor va foydaga özingiz egalik qilasiz (buxgalter, marketing, va har xil menedjerlarga sizning foydangizdan uluş ajratilmaydi).
  4. Ofisda ötiriş va yölga vaqt ketqiziş şartmas.
  5. Interneti bor istalgan mamlakatda yaşaş mumkin.
  6. Iş joyiga boğlanib qolmaganingiz uçun köp sayohatga çiqiş mumkin.
  7. Maoş AQŞ dollarida böladi
  8. Mijoz yiğib olganingizdan söng stabil daromad kelişni boşlaydi.
  9. Erkinlik
  10. Axborot texnologiyalari sohasida öz biznesingizni oçiş imkoniyati

Kamçiliklari:

  1. Köpçilik frilanserlar uyda ötirişadi
  2. Soliqlar va boşqa tölov hisoblarni özingiz amalga oşirişingiz kerak
  3. Mijozlarni özingiz topasiz va sota oliş qobilyatingiz bölişi kerak. Mijoz qidirganingiz uçun sizga pul tölaşmaydi.
  4. Hamkasblar bilan jonli muloqot bölmaydi
  5. Ijtimoiy paket yöq. Kasallik, tuşlik, qöşimça suğurta öz hisobingizdan böladi.
  6. Yaqinlar köp bezovta qilişadi, ayniqsa uyda işlayotgan bölsangiz.
  7. Tez-tez yangi bilimlarga ega bölib boriş zarur, eski bilimlar tezda ahamiyatini yöqotadi.
  8. Sizga faqat iş uçun tölaşadi, ötirgan soatlaringiz uçun emas. Köp hollarda çiqqan kamçiliklarni bepulga töğirlab beriş kerak böladi.
  9. Motivatsiya yöqoliş ehtimoli bor
  10. Töliq javobgarlik sizning zimmangizda. Ofisda odatda mijoz bilan loyiha menejeri gaplaşadi. Frilansda mijozning tanqidlarini özingiz qabul qilib olişingiz kerak böladi.
  11. Stabil bölmagan grafik. Köpgina frilanserlar avvaldan rejalaştirilgan stabil iş vaqtlarida işlaşmaydi, uyqu va dam olişga yetarliça vaqt ajratişmaydi.
  12. Içki tartib birinçi öringa çiqadi. Siz özingiz işingizni nazorat qilib borişingiz kerak.
  13. Yakka tartibda işlaş. Frilanserlar birgalikda, jamoa bölib işlaşga örganişmagan, köpinça jamoa bölib işlaşdan qoçişadi.
  14. Iş hajmidagi notenglik. Ba'zan iş köpayib ketib, 12 soatlab işlaşga töğri keladi, ba'zan iş bölmay, yangi iş qidirişga tuşasiz. Yangi iş topilgunça biror vaqt ötadi.

Frilans birjalari

Özbekistonda e'lon beruvçi saytlarni hisobga olmaganda frilans birjalar yöq. Şuning uçun çet eldagi birjalar bilan tanişib çiqamiz:

  1. Freelancer.com - eng katta birjalardan biri. Öz raqobatçilari Scriptlance, rentacoder va boşqa birjalarni sotib, öziga qöşib oliş hisobiga auditoriyasi kengaygan. Işlab topilgan pulni Skrill, Paypal va Payoneerga ötkazib beradi.
  2. Upwork.com - yana bir katta birja. Odesk va Elance birjalarining birlaşuvidan hosil bölgan. Saytda buyurtmalardan taşqari doimiy iş uçun vakansiyalar ham bor. Tölovni Payoneer Mastercard, Skrill, Paypal va bank hisobiga ötkaziş mumkin.
  3. www.guru.com - köp ma'lumotga ega emasman, sababi röyhatdan ötganim bilan buyurtma olmaganman.
  4. fl.ru - Rossiyadagi eng katta frilans birja.
  5. weblancer.net
  6. freelansim.ru

Yuqorida sanab ötilgan birjalardan taşqari köplab maydalari va yangi oçilayotganlari bor, ammo iş beruvçilar odatga köra eski birjalarni ma'qul körişadi.

Bundan taşqari dizaynerlar, illustratorlar, arxitektorlar, kopirayterlar va boşqa ijod hodimlari uçun ham maxsus birjalar mavjud.

Men bir neça sabablarga Upworkni ma'qul köraman.

Nima uçun Upwork?

Upworkning bir neça afzalliklari bor:

  1. Kafolatlangan soatbay tölov (buyurtmaçining tölov metodi tekşiruvdan ötgan bölsa), avvaldan kelişilgan narxdagi loyihalar uçun xavfsiz şartnoma (pulni buyurtmaçi upworkga ötqazib qöyadi, loyiha yakuniga yetgaç frilanser öşa pulni oladi).
  2. Bozor rus frilans birjalariga nisbatan 100 barobar katta.
  3. AQŞ dollarida tölaşadi, demakki inflyatsiyadan himoyada bölasiz.
  4. Buyurtmaçilar AQŞ, Yevropa va Avstraliyadan. Ular loyihalarga köproq tölaşadi.
  5. Upworkda pulni Payoneer Mastercard yoki Özbekistondagi banklardan biriga yuborib, yeçib oliş mumkin.
  6. Professional bölmagan buyurtmaçilar bor, lekin aldov kam. Upworkdagi 5 yildan ortiq vaqt davomida hali pulini tölamay qoçib qolgan mijoz çiqmadi.