Qöldan ketgan şahar

...Hazrati Umar Abu Ubaydadan maktub oldi. Maktubda Hazrati Umar şaharga taklif etilgan edi. Şahar ahli taslim bölganini va şahar kalitlarini Amirul möminunga topşirmoqçi ekanini, şartnomaga şaxsan özi imzo çekişini xohlayotgan edi. Hazrati Umar bu taklifni qabul qilib, Madinani Hazrati Alining qöliga topşirdi...
.**..Hazrati Umar şaharga kirib, masjidga yetganida keçasi edi. Bu ajoyib voqea böldi. Sababi Rasuli akram sollallohu alayhi va sallam ham ön olti yarim yil avval bu muborak masjidga yarim tunda taşrif buyurgan edilar. Endi Hazrati Umar — Rasulullohning suygan izdoşi bu yurtda Islom ahkomlarini qaror toptiriş arafasida. U zot darrov namoz öqib oldi. Bomdod vaqti kirgaç, azon aytildi va odil xalifa imomligida namoz öqildi...
(c) Ahmad Lutfiy Qozonçi - Hazrati Umar ibn Hattob.
Parçada keltirilgan şahar - Quddus edi. Hazrati Umar (r.a.) davrlarida Quddus qon tökilmasdan fath etiladi. Şahar ahli - nasroniylar bilan şartnoma tuziladi va ularga bir qança imtiyozlar taqdim etiladi.
XX asrgaça musulmonlar qölida bölgan Quddus, birinçi jahon uruşidan söng Britaniya armiyasi qöliga ötadi. 1948-49 yili davom etgan arab-isroil uruşidan söng, Isroil şaharning ğarbiy qismini bosib oladi va öz poytaxti deb e'lon qiladi. 1967-yildagi 6 kunlik uruşdan söng, şahar töliğiça Isroil qöliga ötadi.
Quddus musulmonlar uçun şunisi bilan ahamiyatliki, payğambarimiz Muhammad (S.A.V.) isro keçasida Makkadan Quddusga kelib, Al-Aqso masjidida boşqa payğambarlarga imomlik qilib namoz öqiganlar. Bir muddat qibla Quddus tarafda ham bölgan.
Hozirgi kunda Quddus Isroil hukumati nazorati ostida. Afsuski, Al-Aqso masjidida ibodat qiliş uçun faqat yoşi 50 dan oşgan erkaklargagina ruxsat beriladi. BMT Isroilning şarqiy Quddusni noqonuniy egallab olgani haqidagi rezolyutsiyasiga qaramay, Donald Trampning AQŞ elçixonasini Quddusga köçiriş haqidagi bayonoti köpgina noroziliklarni keltirib çiqardi. Xalqaro maydonda elçixonani köçiriş bilan, AQŞ Isroilning Quddus poytaxti ekanini qöllab quvvatlaşini bildirdi (Ha, BMTga tupurib qöyganlar ham bor).