WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

Bangkokdagi ilon fermasi va ilonlar şousi

Ilon fermasi

Qizil Xoç hamjamiyati qaramoğidagi Bangkok ilon fermasi ilon zahridan dori tayyorlaş va tadqiq qiliş bilan şuğullanadi. San Pauludagi (Braziliya) ilon fermasidan keyin ikkin örinda turuvçi maskan 1923 yilda oçilgan. Ferma boğida kiçik zoopark hamda şou-körgazma maydoni mavjud bölib, bu yer hozirgi kunda sayohatçilar gavjum böladigan joylardan biri hisoblanadi.

Fermadagi doktorlar iş kunlari soat 11:00 da ilonning zahrini oliş jarayonini körsatişadi, 14:30 da esa ferma hodimlari ilonlarni navbatma-navbat qöyib yuborib, ular haqida ma'lumot berişadi. Ilonlarning agressivligi va odamlarda ularga nisbatan bölgan qörquvi taniştiruvni şou darajasiga kötarib yuboradi.

Biz yakşanba kuni fermaga borganimiz uçun faqat şouni körişga muvaffaq böldik. Boşlovçi ingliz tilida dastlab ferma haqida, qaçon va nima maqsadda taşkil etilgani haqida gapirib ötdi.

Keyin esa ilonlarni navbati bilan sahnaga olib kelişdi. Ba'zi qiziqarli lavhalarni quyida körib çiqasiz:

  1. Qirol kobra. Izoh yozib ötirişga hojat yöq.

2. Qirol kobrani olib çiqib ketib, siam kobrasini olib kelişdi:

3. Ferma hodimi atayin kobralarning jiğiga tegmoqda:

4. Sariq qora ilon:

5. Agressiv ilon. Har sakraganida odamlar ham qalqib tuşişardi:

Bundan taşqari bir neça kiçikroq ilonlar körsatildi.

Körgazma sönggida odamlar sariq böğma ilon bilan rasmga tuşişdi:

Yarim soatdan ortiq davom etgan körgazmadan söng, parkni aylanib çiqdik:

Bonus: