WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

Macbook, Windowsdan MacOSga ötiş

139487-laptops-review-macbook-pro-with-touç-bar-review-image2-jnbywktbtq

Rawpixel ofisidagi birinçi iş kunida boş dasturçi Vensan (Vincent) Samsung noutbukimni körgaç, bu yerda heç kim Windows kompyuterdan foydalanmasligini aytib, 12 dyumli Macbook bergandi. Planşetdan sal kattaroq ekranga ega noutbukda kod yoziş uçun bukçayib, ötirişga töğri keladi, umuman noqulay. Yaxşiyamki iş stolida ikkinçi monitor, apple klaviatura va magic-siçqonça ham turgan ekan.

Macbookda nimalar yoqdi

  1. Retina displey. Yorqin IPS displey mayda yozuvlarni ham aniq körsata oladi, közni çarçatmaydi.
  2. Trekpad. Windows-kompyuterlarda Macbook trekpadi darajasidagi aniqlikda işlaydigan trekpad hamon yöq.
  3. Batareyka. "Har ehtimolga qarşi" quvvatlaş simini olib yurişning hojati yöq, macbook quvvati bir kunga yetadi.
  4. Noutbukda keraksiz dasturlar, reklamalar, bepul antiviruslar yöq. Tizim toza va işlatişga şay holatda.
  5. Bildiruvlar markazi (Notifications center) - ajoyib! Barça dasturlarning bildiruvlari bitta joyda körinadi. Nima uçun Microsoft haligaça buni qilmagan, hayronman. Windowsda xabarlar markazi degan punkt bor, ammo u faqat windows xabarlarini çiqaradi va xabarlarni öçiriş ham noqulay.
  6. "Aqllilik" qilmaydi. Windows 10ga kelib, tizim besöroq nimalarnidir köçiradigan, fayllarga ruxsat bermaydigan, dastur örnatişni çeklaydigan ba'zi ahmoqona qiliqlar çiqargandi.

Nimalar yoqmadi

  1. Finder - eng katta kamçilik. Finder Windows explorerga (проводник) öxşaş dastur ammo imkoniyatlari çeklangan. Ba'zi hotkey'lar - F2 faylni nomini özgartiriş, CMD+C/CMD+V nusxa oliş va qöyiş, Delete - öçiriş işlamaydi.
  2. Oynani kattalaştiriş, pastga tuşiriş, ekranda 2ta oynani yonma-yon qöyiş - bular Macbookda boşqaçaroq işlaydi va noqulay.
  3. Dasturlarni örnatiş logikasi ham tuşunarsiz. Internetda köçirilgan dasturlarni örnatiş uçun ularni Applications papkaga taşlaş kerak. AppStoredan köçirilgan dasturlar esa özi avtomatik papkaga tuşadi.
  4. Android qurilmalarni öqimaydi. Android qurilmada USB-debugging yoqiş kerak, maxsus dastur köçiriş kerak. Huddi atayin qilinganga öxşaydi.
  5. Baboçka-klaviatura. 2017-yilda Macbooklar yangilandi va ular yangiça slim-klaviatura bilan çiqa boşladi. Yangilik öz yöliga, klava yangi muammolardan holi emas. a) bosilişi bilinar-bilinmas. Qattiqroq bosganda esa arzon xitoy klaviaturalariga öxşab qitirlaydi. b) kiçik çang zarrasi ham klavişani işdan çiqarişi mumkin. Maxsus sprey bilan tozalab turiş kerak. Agar sprey yordam bermasa, klaviaturaning özini almaştirişning imkoni yöq. Klaviatura trekpad va barça qismlari bilan birga almaştiriladi. Apple texnik xizmat körsatiş markazida almaştirişga $700 (!) söraşadi.

MacOS

Sistema şunçaki ajoyib va... öta noqulay! Windows hotkeylar işlamaydi, pusk yöq, task-manager siçqonça pastga olib borilganda çiqadi. Siçqonçani skroli va öng tugmasi yöq! Xullas, Windowsdan kelgan tajribali foydalanuvçi ham dovdirab qoladi. :-)

Dastlabki ikki kun iş unumi umuman bölmadi. Samaradorlikni oşiriş uçun command va ctrl tugmalari funksiyalarini bir-biri bilan almaştirdim (oynalarni almaştiruvçi cmd+tab işlamay qoldi), windows hotkeylarini qöşib çiqdim (tizimda hotkey qöşiş imkoni bor ekan!), magic-mouse'ni oddiy siçqonçaga almaştirdim. Şunday qilib, tizim biroz qulayroq körinişga keldi. Keyinroq esa rokirovka qilingan tugmalarni joyiga qaytardim va tizimga örganib qoldim. Endi esa Windows, led-ekran eski tizimga öxşab körinyapti.

Albatta Macbookda rohatlanib işlaşgaça, Windows foydalanuvçi birqança noqulayliklarga duç keladi va har safar ortga qaytişni xohlab qoladi. Körinişidan çiroyli, tez işlayapti, şunçaki noqulay. Ammo işoning, ortiqça mablağ topilsa, noutbukingizni Macbookga özgartirganingizga afsuslanmaysiz.

Quyidagi maslahatlar ötiş jarayonida sizga asqotişi mumkin:

  1. Hujjatlar va kerakli fayllarni Icloudga yoki Dropboxga taşlang. Apple Icloud for Windows dasturini işlab çiqqan va dastur fayllarni icloudga taşlaşda qöl keladi. Har bir Apple ID uçun icloudda 5gb joy bepul beriladi. Dropbox bilan ham şu gap. Icloudga siğmagan fayllarni Dropboxga taşlaş mumkin
  2. Google servislaridan foydalaning Gmail, Çrom, Calendar, Keep, Google Drive, Docs, Sheets... Googleda iş yuritiş uçun hamma servis bor. Agar google dasturlaridan foydalanib kelgan bölsangiz, Google servislari yangi kompyuterda ham yordam beradi. Ularning yoniga Google Photosni ham tavsiya qilaman. Dastur media fayllar uçun 15 gb joy beradi, barça rasmlaringizni Google Photosda saqlaşingiz mumkin.
  3. Hotkeylar bilan işlaşni örganing MacOSning yutuği - hotkeylar hisobiga siçqonçani iloji boriça kamroq işlatiş.
  4. Spotlightdan foydalaning Spotlight dasturlarni işga tuşiriş va fayllarni topiş uçun eng qulay vosita. Spotlightni CMD+Space ni bosib işga tuşiriş mumkin. Windows 7 dan boşlab, Puskni bosib harf terişni boşlaganda mos keluvçi dasturlar çiqib keladi. Spotlight esa uning takomillaşgan körinişi, u kompyuterdagi deyarli barça dastur va fayllarni topib beradi.
  5. Microsoft Office dasturlar paketini sotib olişga şoşilmang MacOSda Pages - Word örnini bosişi mumkin, u Wordning eng asosiy funksiyalarini jamlagan ixçam dastur va Pages Wordga nisbatan tez işlaydi. Numbers esa Excel örniga ötadi. Google Docs va iWorkdan ham foydalaniş, yoki bepul dasturlar paketi - LibreOffice'ni işlatiş mumkin.