Singapurga safar. 1-kun (1-qism)

Çangi aeroportidayoq kayfiyatni kötaruvçi yengil bekground-musiqa hamrohingiz böladi.
Immigratsiya zalida odam köp emas, ammo men e’tiborsizligim uçun 1 soatga yaqin uşlanib qoldim. :)
Gap şundaki Singapurga keliş va ketiş çiptalarini 1 oy oldin sotib olgandim. Qaytiş çiptasini 24-mart emas, 24-fevralga olgan ekanman. Ikkala kun ham şanbaga töğri kelgani çalğitgan bölsa kerak. Özimizning aeroportda Singapurdan qaytiş çiptasini tekşirişgandi, ular ham sanaga e’tibor berişmagan. Boşqa çipta sotib olganimdan söng, immigratsiya ofitseri ştamp urib berdi.
Çangi aeroporti bekorga 6 yildan beri dunyoning eng yaxşisi bölib qolayotgani yöq. Qulay, çiroyli, toza - şunday ta'rif eng qisqa va töğrisi bölsa kerak.


Aeroportdan çiqişda 100 AQŞ dollarini 127 Singapur dollariga konvertatsiya qilib, 15 singodollarga 7 kunga 100gb internet paket beruvçi simkarta sotib oldim.
Airbnb orqali band qilingan kvartira 14:00 dan keyin kirişga (check in) tayyor bölar ekan. Qölimda çemodan yöq, faqat papka bor xolos. Vaqt ötqizmaslik uçun sayohatni boşladim.
MRT
Çangi aeroportining 2-terminalidan markazga MRT metro qatnovi yölga qöyilgan. Men turgan 3-terminaldan 2-siga 2 vagonli şattl-poyezdda yetib oliş mumkin. Metroda ham, şattl-poyezdlarda ham haydovçi yöq. Barçasi avtomatik va masofadan turib boşqariladi. Har xil qöriqçi va tekşiruvçilar örnini kameralar egallagan. Heç kim sizni ortiqça bezovta qilmaydi. Metroga kirişda poyezdlarning neça daqiqada kelişi haqida tablo bor.
Metro bekati
Metroning ba’zi bekatlari ta’mirlanayotgani sababli keçasi 6-7 soat işlamas ekan, işlamaydigan kunlarini jadval qilib osib qöyilgan. Metro işlamayotgan vaqtda bir bekatdan boşqasiga eltuvçi MRT-şuttle avtobuslaridan foydalaniş mumkin.
MRT şattl avtobusi
Sayyohlar uçun maxsus "Singapore Tourist Pass" köp martalik yöl çiptasi asqotadi, bu özimizning tilda "proezdnoy". Proezdnoy narxi 1 kun uçun 10 singodollar, 2 kunga - 16. Kartani oliş uçun qöşimça 10 dollar depozit tölovi ham tölanadi, depozit tölovi karta topşirilganda qaytariladi. Metro şahar-davlatni deyarli qamrab olgani uçun taksidan köra qulayroq. Şahar ozoda, tartibli. Baland binolar bir biriga ziç joylaşgan.



Nogironlar uçun qulaylik mavjud. Şaharda yöllar emas, köçalar bor. Aniqroği köçalar köp, yöllar alohida tösiqlar bilan ajratib qöyilmagan.
Çinatown
Singapur köpmillatli davlat bölib, xitoyliklar, malayziyaliklar va hindlar köpçilikni taşkil etadi. Ularning har biri öz mavzesiga ega. Xitoyliklar diasporasi - Çinatown deb nomlanadi, butun dunyoda şunday bölsa kerak. Çinatownda hindlarning ibodatxonasi (!), rang-barang uylar, har xil ötlar, suvenirlar dökonlari mavjud. Köçalari an'anaviy qizil xitoy fonarlari bilan bezatilgan. Kuala Lumpurdagi Çinatowndan farqli ravişda, bu yerda arzon xitoy kiyimlari bilan töldirib taşlaşmapti.
Hind ibodatxonasi
Hind ibodatxonasi shifti
Red dot muzeyi
Çinatown köçasida dökonlar va kafelar
Suvenir dökonlar
Arab mahallasi va Sulton masjidi
Aeroportda 1 soat uşlanib qolganim ta’sirini ötkazib, “Kiçik India” mavzesiga borişga ulgurmadim. Soat 12-ga yaqin, tamaddi qilib oliş va jumaga kiriş uçun arab mahallasiga bordim. Arab mahallasida ortiqça dabdaba yöq, pastqam uylar va kiçik kafelar mavjud. Kafelarda pokistonlik va tamil (indo-muslim) ofitsiantlar xizmat körsatişadi. Mahallaning örtasida 1824-yilda qurilgan Sulton masjidi körk soçib turadi.
Sulton masjid (Sultan Mosque)
Masjid ham turistik obyektlardan biri, şuning uçun masjid atrofida tomoşa qiliş vaqtini kutib ötirgan sayyohlar talaygina. Xonaqohi baland, ikki çetida ikkinçi qavati bor. Masjidda konditsioner yöq, katta ventilyatorlar bilan xonaqohni va xonalarni sovutişadi, içida doimiy şamol aylanadi. Imom malay tilida ma’ruza qiladi, şofeiy mazhabida namoz öqişadi. Masjiddan çiqib, keçki reysda uxlolmaganim uçun yumilib ketayotgan közlar bilan kvartirani topib keldim. 3 soatlik uyqudan söng tetiklaşib, sayrni Merlion parkiga boriş bilan davom ettirdim...