WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

Singapurga safar. 1-kun (2-qism)

29064429_1669643959771159_8920192888351307847_o

Merlion (merlayon) - boşi şer, pastki qismi baliq bölgan maxluq. U Singapurning timsoli bölib, deyarli barça Singapur suvenirlarida merlionning tasviri yoki haykalçasini uçratiş mumkin.

Merlion parki - oğzidan favvora otuvçi merlion haykali mavjud bölgan sayrgoh park. Bu yerda daraxt kam, şu sababli odamlar kun botgaç sayrga çiqişni ma’qul körişadi.

Merlion haykali Merlion haykali

Sayyohlarning sevimli maşğuloti - favvoradan suv içayotgan holda rasmga tuşiş albatta. Qançalik antiqa körinmasin, 20ta odam bir xil rasmga tuşsa odatdagidek çiqar ekan. :-)

Park daryo qirğoğida joylaşgan, daryoning narigi tarafida ustida panoramali basseyni bölgan Marina Bay Sands elit mehmonxonasi körinib turadi. Aytiş mumkinki, park qirğoği keçqurun böladigan lazer-şouni tomoşa qiliş uçun qulay joy.

Park yaqinida suv ustiga qurilgan stadion qad rostlagan. Stadion haqiqatdan ham suzuvçi, suv sathi kötarilganda stadion ham kötariladi.

Singapurliklar futbolni qoyillatib öynaşmasligi bois, stadion hozirgi kunda bolalar attraksionlari uçun maydon bölib xizmat qilmoqda. Stadion yaqinida dunyodagi eng katta çarxpalak-attraksion körinib turadi. Afsuski çarxpalak işlamayotgan ekan, çiqiş nasib qilmadi.

Şu sababli antiqa Heliks köprigi orqali Marina bay sands mehmonxonasi tarafga ötdim. Köprik antiqa uslubda qurilgan, menimça turistik obyekt hisoblansa kerak. Qoronğida çiroqlari bilan rang-barang közga tovlanadi.

Marina Bay Sandsning orqa tarafida “Gardens by the Bay” nomli kattagina boğ barpo etilgan. Boğda tabiiy ösimliklardan taşqari sun’iy bahaybat daraxtlar qurilgan va u boğga körk berib turadi.

Ulkan daraxtlarning tepasiga çiqiş uçun navbat juda katta edi. Navbat kutsam tahminan 1 soat turişimni öylab, orqaga qaytaqoldim. Qaytişda mehmonxona yaqinidagi savdo markaziga möralab kördim. Vestibyulda katta lyustra va ekranli tanspol örnatilgandi:

Heliks köprigidan esa kiçik lazer-şouni tomoşa qiliş mumkin edi:

Tunggi Singapur:

Merlion parki yaqinidagi oçiq zalda yoş xitoylik qizlar milliy kuyini çalib konsert berişardi. Qizlarning mayin va sinxron harakat qilişiga e’tibor bering:

Singapurdagi 1-kun şu tariqa nihoyasiga yetdi. Ertasiga savdo markazlari, kanatka - Cable Car va köngiloçar Sentoza oroli kutib turardi.