Uruş

"1941-yil 22-iyun erta tongda nemis faşistlari xiyonatkorona bostirib kelişdi va 2-jahon uruşi boşlandi..."
Maktabning boşlanğiç sinfida ikkinçi jahon uruşi haqidagi hikoya şu tarzda boşlanardi. Kattaroq sinflarda, tarix darsida uruş aslida 1939-yilda, Germaniyaning Polşaga hujumi ortidan kelib çiqqani haqida ma'lumot berişdi. Öşanda javobi yöq bir neça savollar oçiq qoldirilgandi:
- Nima uçun Angliya va AQŞning 1943-yilga kelibgina uruşga qöşildi?
- Nima uçun Sobiq Ittifoq eng köp qurbon bergan bölsa ham ğolib hisoblanadi?
...Buvam va buvim 9-may yaqinlaşganda uruşni, öşa mudhiş davrni eslaşadi. Ular juda yoş bölişgan, frontda qatnaşişmagan, ammo uruşning daxşati butun mamlakat singari ularning oilalarini ham çetlab ötmagan. Uruş deyilganda buxanka nonning bir bölagini bölişib yeyişganini; şaharda odamlar oçlikdan qirilişni boşlagaç, qişloqdagi qarindoşlarinikiga ketişganini; buvamlarning yoş opalari zavoddagi oğir mehnatdan halok bölganlarini; uruşdan qaytmagan qarindoşlarini yodga olişadi...
...Maktabdagi savollarga kattaroq bölgaç javob topgandek böldim. Angliya va AQŞ dastlab Germaniyani qöllab quvvatlaşgan, faşistlarning kommunistik davlatni yöq qilişga urinişini kuzatib turişgan. 1943-yildan keyin, ğalaba SSSR tarafiga öta boşlagaç SSSRning butun Yevropani bosib olişidan qörqişgani uçun faşistlarga qarşi jangga kirişişgan.
Yana ham qiziği, Germaniya SSSRga hujum boşlaşidan avval ikki davlat hozirgi til bilan aytganda "özaro döstlik riştalarini boğlab turuvçi memorandum" hujjatlar imzolaşgandi, hattoki 22-iyunga 2 oy qolganda, 1-may mehnatkaşlar kunida natsistlar vakillari Moskvada ötgan paradda qatnaşişgan:
Ikkinçi jahon uruşida 72 milliondan ortiq odam halok bölgan, şu jumladan Özbekistondan 550 ming kişi qurbon bölgan. Vaholanki uruş bölmasligi, natsistlarni darhol "bosib" qöyiş ham mumkin edi. Siyosiy öyinlar, noşud siyosatçilar, "taşqi duşman" yaratib olib, xalqni şu yöl bilan manipulyatsiya qiliş, ikkiyuzmalaçilik - barçasining natijasi ölaroq ikkinçi jahon uruşiga mubtalo bölindi. Açinarlisi, 80-yil avvalgi xatoliklar hozir ham takrorlanmoqda.
Biror davrdagi voqeliklarni teran anglaş uçun öşa davr tuzumidan taşqariga çiqiş kerak. Biz mustaqil bölmagunimizça jahon uruşining muddati 1941-1945 yillar edi, uruşgaça nimalar röy bergani, siyosiy öyinlar haqida sobiq ittifoq odamlarida tuşunça bölmagan.
...1983-yoki 1984-yil. Adam institutga kirganlar va armiyaga ham çaqirişgan. Ular dastlab yigitlik burçini bajarişni ixtiyor etganlar. Adamlarni ikki yillik xizmatga, uruş bölayotgan Afğonistonga "birodar xalqlarni qutqariş uçun" uruşga kirgan SSSRning askari sifatida uruş öçoğiga jönatmoqçi bölişgan. Sönggi pallada buvam va buvim adamlarni SSSRning mustamlakasi bölgan Şarqiy Germaniyaga xizmatga yuborilişlariga erişişgan...
Afğonistonda SSSR aslida nima uçun uruşga kirgani haqida töliq tuşunçaga ega emasman. Bilganim, sobiq Ittifoq uruşni öz foydasiga yakunlay olmay, şarmandalarça tark etgan. Noşud siyosatçilarning öyini oqibatida yana begunoh odamlar, şu jumladan burçini ötaş uçun ketgan yoş özbek yigitlari halok bölişgan. Ular bemaqsad uruşda şunçaki ölib ketişgan, şunisi alam qiladi.
...9-may kuni buvam-buvimlarga sovğalar ulaşamiz. Xotira va qadrlaş kuni bilan tabriklaymiz. Ular 9-mayni ğalaba kuni deb eslaşmaydi. Uruş kunlarini, uruşda ötganlarni yodga olişadi...
Yaqin ikki-uç yilda paydo bölgan, 9-mayga yaqin qolganda köriniş beradigan kuylovçi va raqsga tuşuvçi "askarlar" esa öz köngillarida ğalaba kunini nişonlaşadi. Ular uruşning daxşatini bilişmaydi, his qilişmaydi. Ular televizordagi Rossiya taşviqotining natijalari.

Öroq-boltali qizil bayroqqa ega davlat endi yöq, ammo parçalanganiga 30 yil bölayotgan bölsada, uni soğinayotgan odamlar bor. Haligaça davlat uni uy-joy va iş bilan ta'minlaşi kerak deb hisoblaydigan boqimanda-kommunistlar bor. Ular davlatimiz uçun katta xavf emas, eng xavflisi - SSSRni soğinayotgan eng katta odamning borligi, yurtimizda uning tarafdorlarining oz emasligidir.
SSSR, şuningdek Özbekiston ikkinçi jahon uruşida ğalaba qozonmagan. Öşa "kommunistlar" nişonlayotgan ğalabadan ham biror mamlakatga foyda bölmagan. Millionlab odamlarning qurbon bölişi HEÇ QAÇON uruşda ğalaba qozonganlikni anglatmaydi. HEÇ QAÇON!
Uruş heç qaçon ğalaba olib kelmaydi...