WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

Jinoyat, jazo va adolat

ng72_ru-решетка-тюрьма-СИЗО

Axborot media resurslarimiz rivojlanib, kundalik hayotimizda informatsiyaga çanqoqlikni qondirişni uddasidan çiqişyapti. Afsuski ular berayotgan ma'lumotlar içida jinoyatga oidlari, mudhiş qotilliklar borki, "xalqimiz iymon-e'tiqodli, muruvvatli, ma'naviyati mustahkam" deb yoqa yirtuvçilarni ham ovozini öçirişga, öylaşga majbur qiladi.

Qotilliklar

Mayli, gap ma'naviyat haqida emas, dastlab qotilliklar haqida. E'tibor beradigan bölsak, aksariyat qotilliklar asosan özaro kelişmovçilik, oiladagi janjal yoki içkilik ortidan kelib çiqyapti.

Sudyalarning qotillarga tayinlaydigan jazoni ötaş muddati ham qiziq:

Yuqoridagi uçala holatda ham odam öldirilyapti. Farqi jinoyat qay tarzda sodir etilayotganida.

Borovskiydagi qotillik böyiça ayblanuvçiga 6 yil muddat berişganda, jinoyat kodeksini titib çiqqandim. Haqiqatdan ham voyaga yetişiga sanoqli oylar qolgan "ösmirga" berilişi mumkin bölgan maksimum jazo muddati 7 yilgaça (85-modda B qism) bölişi mumkinligi aytib ötilgan ekan. "Tolpada" qolib ketgan bolaning qotili qanday qilib bitta odam bölib qolgani alohida mavzu (menimça jinoyatçi sönggi - hal qiluvçi zarbani yöllagan bölsa kerak). Qotil amnistiyalarsiz "ötirib" çiqsa ham, 23-yoşida davlat oldida gunohiga javob berib bölarkan. Marhum bolani 17 yil katta qilgan ota-ona esa şunçaki unutiladi (şunaqa böpqoldide endi, mana jazo berdik). "Adalot" нервно курить в стороне!

Jamiyatda qonun normalari bor, axloq normalari bor. Farovon jamiyatlarda yoki ikkalasidan biri işlaydi, yoki ikkalasi bir biriga uyğun böladi. Bizda axloq normalari ham bor, qonun normalari ham. Açinarlisi ularning birortasi töliq ham işlamaydi, bir-biriga mos ham kelmaydi.

Odamlar bolta kötarişidan oldin yoki qöl-oyoğini işlatişidan oldin nimadandir qörqişi kerakmasmidi? Demak, islom ta'limotlari asosida şakllangan axloq normalarimiz (ma'naviyatimiz) odamlarni qotillikdan qaytarmayotgan ekan, jazolarni qat'iylaştiriş hisobiga odamlarni jazodan qörqişlarini ta'minlaş kerakdir balki. Masalan **qasddan odam öldirdimi, aybdorning öziga ham ölim jazosi berilsin **(bu yerda ölim jazosi tarafdorlari va qarşi çiquvçilarining qaraşlari batafsil bayon etilgan ekan).

Ma'lumot uçun ölim jazosi 2015-yilga kelib 102 mamlakatda bekor qilingan (dunyodagi barça davlatlarning yarmi). Ular içida biz ham bormiz, bizda faqat ba'zi hollarda, masalan harbiy holatda ölim jazosini beriş mumkin. Ölim jazosini qöllaydigan davlatlar orasida AQŞ, Singapur, Yaponiya, Malayziya kabi rivojlanganlari ham bor.

Ozodlikdan mahrum qiliş

Okey, inson huquqlari himoyaçilari nazdida ölim jazosini qöllaş yaşaş huquqining buzilişiga kirsa, u holda ozodlikdan mahrum etiş çorasini takomillaştiriş kerak. Ozodlikdan mahrum etiş jazosini xavfli odamni karantinga oliş deb tuşuniş mumkin. Ammo "xavfli virus" qamoqxonalarda xavfsizlantirilyaptimi, u yerdan jamiyatga zarari tegmaydigan bölib çiqişyaptimi? Bu masalada IIVda qandaydir statistika bölsa kerak. Masalan, "neça foiz "ötirib çiqgan" odam qayta jinoyat sodir etyapti" qabilida. Zero, muqaddam sudlanganlarning yana jinoyat sodir etişi ularning qamoqxonalarda kerakli "dars" olmaganliklarini anglatadi.

19 yildan söng uyiga qaytgan, lekin qasamidan qaytmagan sudlanuvçi asil muammoni körsatib turipti. U ekstremistik oqimga kirgan, uni orqasidan qamoqqa "kirgan", hayoti ... "kirgan". Lekin uni 19 yil davomida töğri yölga solinişi mumkinmasmidi? Ozodlikdan mahrum etiş jazosi mahbusning kamerada ötirgança, nima iş qilib qöygani, kelajagi nima bölişi haqida öylab körişiga olib kelmagan. Şunçaki u bilan heç kim şuğullanmagan! 19 yil içida xalqimizning diniy bilimlari oşdi, ongi yuksaldi, "içkarida" esa vaziyat özgarmadi. Endi esa "davolanmagan" insonni yana jamiyatga qaytarişdi.

Men u insonni çiqarmaslik kerak edi demoqçi emasman, ötgan yillar davomida (diniy) ta'limni qamoqxonalarda yölga qöyiş kerak edi demoqçiman. Hozirgi vaziyat bahsli. Agar, Hudo körsatmasin, öşa turdagi çiqqanlardan birortasi ekstremistik jinoyat sodir etsa, yana avvalgi siquvga oliş boşlanişi, turli taqiqlar tiklanişi mumkin (bu xabarni öqigan bölsangiz kerak - https://xabar.uz/uz/siyosat/ichki-va-tashqi-xavflar-hamon-mavjud).

Omon böling!