Taylanddagi seven eleven do’konlari

O’tgan hafta Kuala Lumpurdan qaytganimda kech bo’lib ketgandi, shuning uchun muzlatgichni tekshirishga, ertangi ro’zaning g’amini yeyishga hafsala bo’lmadi. Ertalab turib esa pishirishga tuxum ham, non ham qolmaganligini ko’rdim. Og’iz yopishga yarim soat bor, qayerda ovqatlanish mumkin? Albatta seven-eleven’da!

Seven-eleven kichik do’konlar (mini-marketlar) tarmog’i Seven-Eleven Japan Co., Ltd. boshqaruvidagi, dunyoning 18 mamlakatida asosan franchayzing sifatida ishlovchi biznes operator. Taylandda 7-eleven shahobchalari 10 mingdan ortiq bo’lib, dunyo bo’yicha AQSH va Yaponiyadan keyin uchinchi o’rinda turadi.

Do’konlar 24 soat ishlaydi, Bangkokda ular har bekatda bor. Do’konlarda kundalik ehtiyoj uchun kerak bo’ladigan deyarli barcha narsani topsa bo’ladi. Bu yerda issiq kofe va kruassanlar bilan nonushta qilish; tushlikka muzlatgich-polkada turgan tayyor ovqatni olib, isitib yeyish; kechqurunga sendvich, gamburger yoki lapsha olish mumkin.

Quyida siz do’kondan nimalar topish mumkinligini bilib olasiz. 😉

Issiq ovqat

Gamburger topish uchun Makdonalds qidirish shartmas, 7-11 da turli xil gamburgerlar mavjud.

Gamburger tanlashda albatta halol yorlig’i borligiga e’tibor bering. Halol gamburgerlarni (umuman kolbasa va boshqa go’sht mahsulotlarini ham) CP kompaniyasi mahsulotlari orasidan topish mumkin. Rasmda CP-burgerlar pastki qatorda turipti.

Muzlatilgan ovqatlar muzlatgichda to’lib yotgan bo’lsada, tanlov katta emas. Lekin och qolmaysiz albatta. 😀 Guruch va achchiq qaylali ovqatni olsa bo’ladi, uning yorlig’i mavjud (rasmini keyinroq qo’yaman).

Kassa yonida esa sosiska pishiradigan uskunasi bor, 30 smli sosiskalar pishiradi. Ba’zilarining ichida pishloq qo’shilgan bo’ladi, mazasi zo’r! Sosiskalar bo’yicha tanlov katta. Pishloqli, garmdorili, baliqdan tayyorlangan sosikalarni topish mumkin. O’zbekistondagi kolbasachilar mahsulot xilma-xilligini oshirishlari uchun tayyor imkoniyat.

Ha-ya, lapshalar:

Har safar olganimda qaylasini nomiga qo’shaman deb, baribir achchiq qilib yuboraman. Achchig’i og’izdan boshlab ohirigacha kuydiradi!

Tuxumning esa turi ko’p, aniqrog’i rangi. O’zimizda uchraydigan odatiy oq va sariq po’stli tuxumlardan tashqari pushti va qora ranglisini uchratsa bo’ladi. Qorasi uzoq vaqt nimaladir qilib tayyorlanadi. Noodatiylarini tatib ko’rmadim, oshqozonim uchun yangilik bo’lsa kerak.

Sok, kofe va ichimliklar

7-11da nima ichmoqchi bo’lsangiz o’zingiz tayyorlab olasiz.

Kofe-mashina:

Taylandliklar energetik ichimliklarni bizdan ko’ra ko’proq yaxshi ko’rishsa kerak. Darvoqe, Red Bull’ning asil vatani – Tayland. Uning retsepti Taylanddan Avstraliyaga keltirilgan.

M150 ni o’zbek futbolining ashaddiy ishqibozlari eshitishgan. U23 terma jamoamiz o’tgan yili Taylandda o’tgan M150 kubogi musobaqasida finalda yaponlarni yengib, chempion bo’lishgandi.

Bular mevalarning suvlari, shakar qo’shilmagan:

Proteinlar (shularni tatib ko’rishga hech hafsala bo’lmadi):

Brands (taycha yozuvida nima deb o’qiladi, bilmayman). Rosa reklama qilishadi. Qaldirg’och uyasi, meva ekstraktlari, tovuqning nimasidandir tayyorlanadi (qanday qilib?…):

Sut mahsulotlari. O’glim kechasi sut ichganida Meiji brendidan olardik. Bir kuni adashib pastdagi polkada turgan olovrang va yashilidan oldim. Toza sut emas, meva mazasi qo’shilgan ichimlik ekan. O’zimizga ham o’g’limga ham yoqib ketdi.

Non, shirinliklar va chips

Nondan faqat toster-nonni (sendvich) topasiz.

Quritilgan mevalar (quritilmaganlari mazaliroq albatta, bir martalik tatib ko’rishga olish mumkin):

Yashil narsa – dengiz o’tidan tayyorlangan chips. Yeyolmadik, bo’lmag’ur narsa:

Har xil shirinliklar bor, taylandliklarning shakarga allergiyasi bormi, quyidagilarni shirinlik deb bo’lmaydi, bemaza ko’pchiligi:

*  *  *

Do’konda ovqat qilish uchun zarur bo’lgan yog’, guruch, tuz, shakar, va h.k. topsa bo’ladi. Nima uchundir unni uchratmadim. Sabzavotlar yo’q.

Quyidagi rasmdagi konservalarning faqat balig’ini tatib ko’rdim, bemaza:

Kremga o’xshash idishdagi jigarrang suyuqlik – asal 🙂

Yashil shokolad. Ko’k choy mazasi bor. Odatiy shokoladlardan ko’ra original ta’m. Toshkentga borganimda Dars’dan oborgandim, uydagilarga yoqqan.

Bular choy:

Muzqaymoqlarda tanlov katta:

Apteka

Do’konda kichkina apteka burchagi bor. Masalan, kichik tayoqchalar – myata hidli hidlagichlar shamollaganda asqotadi, ofisdagilar ishlatayotganda ko’rgandim. O’zim ishlatib ko’rmadim, Toshkentdan kelgan dorilar turipti, Hudoga shukur. Tayland havosi toza, havoda mikrob kam shekilli, bizda shamollash kamdan-kam kuzatildi.

Tay-balzam (yoki tayger-balm) olti-burchakli idishda, og’riqlarga davo. Yaxshigina qizdiradi. Shamollaganimda ayolim aqllilik tajribasizlik qilib undan bo’ynimga surgandi, 5 daqiqadan so’ng lovullatib qizartirib yuborgan. Teri qalinroq joyga va aynan og’riyotgan joyiga surish kerak 😉

Bular har xil plastirlar. Ba’zilari isitmani tushiradi:

Boshqa buyumlar

Mayda foydali buyumlar:

Texnika burchagi:

Boshqa xizmatlar

Boshqa xizmatlar turlari ham ko’p:

  • kassada mobil telefon uchun pul to’lash
  • internet paket sotib olish
  • sim-karta olish
  • elektr energiyasi va boshqa kommunal to’lovlarga pul to’lash
  • onlayn do’konlar uchun hisobni to’ldirish
  • onlayn do’kon – Lazada’dan sotib olingan tovarni qaytarish

Do’kon tashqarisida bankomat bor.