Bangkok. 7 oydan söng

Quyidagi maqolani avvalgi yozilgan maqolalarga qöşimça sifatida qabul qilasiz degan umiddaman:
Bangkok böyiça avvalgi maqolalar: /tag/bangkok/
Iyulda "darbadarlikka" 7 oy bölarkan.
Xorijda işlaş fikri 2017-yil noyabrda, Kuala-lumpurdagi bir oylik xizmat safaridan söng paydo bölgandi. Hozirgi iş joyim Drupal-dasturçilar uçun möljallangan jobs.drupal.org dagi bir neça vakansiyalar orasida bor bölgan, aniqroği Rawpixel stok-foto provayder kompaniyasi rezyumeni körib çiqib, intervyu belgilagan. Rekruiter Gemma (ajoyib xuşçaqçaq londonlik qiz, rekruiterlikdan boşqa vazifalari ham bor) bilan bölib ötgan qisqa intervyudan söng, dasturçi Vinni suhbatga qöşildi va test-topşiriqlar berdi. 3 ta topşiriqning 1.5 tasini amallaganim yetarli bölgandirki, 3 oylik şartnoma böyiça iş taklif qilişdi (bir yarim oydan söng, doimiy işga taklif qilişdi).
Bangkokga kelişdan oldin şaharni palmalarga burkangan, dengiz yaqinida deb hisoblab adaşgan ekanman. Bangkokdan eng yaqin dengiz plyajigaça 3-4 soatlik yöl. Yaqin plyaj - Pattaya şahri yaqinida bölib, avval 2 soat avtobusda, keyin 1 soat paromda boriladi (Dam oliş uçun yaxşisi Phuketga borgan ma'qul, u yerga samolyotda borişga 1 soat ketadi).
Bangkokning birinçi navbatda e'tiborni tortadigan qismi - baland oynali zamonaviy binolar va şifer tomli pastqam eski uylar bitta köça joylaşgan, ba'zan qöşnilik ham qilişadi. Özingizdan qolar gap yöq, bizda yangi quril(ayot)gan binolar yaqinida eski uylarni köçirib taşlaşadi.
Ob-havo qanaqa?
Dekabr oyida Bangkokda 25-30 gradus atrofida ideal ob-havo hukmron böladi va mart oyigaça davom etadi. Mart-aprel eng issiq oylar, lekin Özbekistonning yozida issiq çoy içadigan özbek uçun qörqinçli issiq emas. Har xolda harorat bizning issiqdan biroz pastroq. May oyidan oktyabrgaça yomğirlar mavsumi davom etadi. "Mavsumi" deganda vahimali eşitilişi mumkin, aslida haftasiga 2-3 kun, 30-40 minutdan yoğsa kerak. Vey, özimizning may oyidagi bahor havoside.
Uy-joy
Uy ijarasi narxlari joyning metroga yaqin yerga joylaşganiga; şahar markazida joylaşganiga; oşxonasi va konditsioneri borligiga; yotoqxonalar soniga; binoda basseyn, trenajer zali, parkovkasi mavjudligiga qarab, 3000 batdan ($100) boşlanib, 100 000 gaça boradi. Hozirgi yaşab turgan joyim 2 xonali, barça qulayliklariga ega kiçik kvartira bölib, bizdagi elit turar joy majmuasiga öxşaş binoda joylaşgan. Bino tomida basseyn va trenajer zali bor.
Tayland turistik şahar, şuning uçun bizga öxşab ba'zan sayyohlarni narh masalasida "kiydirib turişadi". Ha endi insof bilan. Özimizda soati 20 ming sömlik çanği ijarasini çet elliklarga 20 "döllir"dan kiydirişni eplaydigan "uçar" "biznesmen"larimiz borligini bilganim uçun, taylandliklarni insofliroq körinsa kerak.
Bu yerda siz doimiy sayyoh maqomidasiz, qança muddat yaşaganligingiz esa ahamiyatsiz. Ba'zi xizmatlar rasman oşirilgan narxda körsatiladi yoki yöl çetidagi motobaykçi "hava yu, ver ar yu going, mister" deb turadi (tanisa ham).
Dam oliş
Allaqaçon Bangkokning e'tiborga molik teşiklariga kirib-çiqib bölganmiz. Budda ehromlari, "glamurniy" qirol saroyi, çao phraya daryosi, shopping markazlar - qiziği qolmadi. Plyajga çiqişga esa - hozir yomğirlar mavsumida tagi körinib turadigan tiniq suvli qirğoqni topiş uçun yomğir yoğmasligini 2 kun avval kutiş kerak. Nasib qilsa noyabrda köproq muddatga çiqamiz.
Ayolim va 2 yoşli bolam (Zokirjon) ham men bilan birga. Ular uçun Bangkok zerikarliroq, kunora köçani aylanib kelişadi, Zokirjon basseynda çömiladi.
Rawpixel
Jamoa yaxşi kutib oldi, tez orada çala ingliz tilim bilan ham çiqişib keta oldim. Rawpixel - internatsional kompaniya. Asosiy ofisi Londonda, Bangkok esa hab körinişidagi filial bölib dunyoning turli davlatlaridan mutaxassislar yiğilişgan. Masalan, menedjerlar taylandlik va filippinlik, boş dasturçi fransuz, 2 frontend dasturçilar ingliz va hind; keyword-jamoasida taylandliklar bilan birga şved, koreyalik bor.
Mahalliy mentalitet
Aholining 90% qismi budda ixlosmandlari bölib, dinni mahkam tutişgan. Buddizm ularning hayotini aks ettiradi va dunyoqaraşida muhim rol tutadi. Masalan (menga yoqmaydigani), taylandliklar juda sekin harakat qilişadi va asabiylaşişmaydi. Eskalatorda turib olgan odam telefonini kovlagança orqadagilarga yöl bermasligi mumkin, orqada turganlar yöltösarning "muhim" işlarini tugatib olişini kutişadi. Yoki yöllarda qoidaga köp ham qat'iy amal qilişmaydi va oqibatda heç kim bir birini sökmaydi.
Taylandliklarni yoş bolaga öxşataman, biror narsani tuşunişmasa ham notöğri maslahat berişadi yoki bilganligini qilişadi. Yaxşisi asabiylaşmasdan, ularni boriça qabul qilgan ma'qul.
Xulosa
Özbekistonga qaytamanmi? Albatta, lekin yaqin orada emas. Bu yerda dasturlaş böyiça bilimlarim oşdi, dunyoqaraşim özgardi. Katta ehtimol bilan Taylanddan söng keyingi iş joyim boşqa xorijiy kompaniya bölişiga harakat qilaman.
Dasturçilar, dunyo keziş bizning sohada qiyin emas. Öz tajribangizni oşiring va albatta til örganing.