WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

VPNni taqiqlaş haqidagi qonun loyihasiga munosabat

https://regulation.gov.uz/ru/document/231

AKT Vazirligi-Ministry of ICT-Мининфоком taşabbusi bilan ba'zi qonun hujjatlariga özgartiriş kiritiş böyiça qonun loyihasi işlab çiqilipti. Undagi e'tiborga molik jihat - tarmoqqa noqonuniy kirganlik uçun jazo çoralarini tayinlaş közda tutilgan. Oddiy til bilan aytganda, VPN yoki proksi işlatib, Özbekistonda oçilmaydigan saytlarga kirişni taqiqlaşmoqçi.

MSDN - Microsoft Developer Network sayti bor - msdn.com Dasturçilar uçun axborot manbalaridan biri bölgan sayt uzoq yillardan beri noma'lum sabablarga köra Özbekistondan oçilmaydi, blokda xullas. Dasturçilar VPN işlatibgina msdn.com ga kirib ma'lumot oladilar xolos. Nimaga bloklangan, kim bloklagan, qaçon oçiladi - heç kim axborot bermaydi.

Kontent targeting degan tuşunça bor. Unga köra saytlar foydalanuvçining IP adresi böyiça kirayotgan mamlakatini topib aynan öşa mamlakat uçun mos bölgan xabarlar, reklamalar beradi. Dasturçilar yoki marketingçilar kontent targetingni tekşiriş uçun VPNdan foydalanib, boşqa davlatdan saytga kiradilar.

VPNning foydalarini yana köplab sanaş mumkin. Dasturçilar, umuman axborot texnologiyalari sohasidagilar uçun VPN muhim vosita. Açinarlisi qonun loyihasi Özbekistonda axborot texnologiyalarini rivojlantirişga mas'ul bölgan vazirlikdan çiqyapti. Kimdir çiqib loyiha haqida batafsil tuşunça berişi kerak.

Aynan şunday loyiha yaqin ötmişda Rossiyada ham qabul qilindi. Ular VPNni bloklaşgaça bir neça qadamda kelişdi. Avval Roskomnadzor taşkil qilinib, unga saytlarni bloklaş huquqi berildi. Qaraşsa, odamlar VPNni işlatişyapti. Keyin VPNni qonun bilan taqiqlaşdi. Ba'zi dasturlar VPNdan foydalanarkan, foydalanuvçi ma'lumotlarining çetga çiqib ketmasligi vaji bilan dastur işlatadigan IP manzillarni bloklaşga tuşişdi (ha, TELEGRAM). Marazmning yuqori çöqqisiga ular yaqin turişipti - bu yildan boşlab internetda tarqatilgan mem va troll rasmlar uçun egalarini jinoiy javobgarlikka tortişdi.

Iltimos, rivojlanişda Rossiyadan örnak olmang. Taqiq bilan rivojlanib bölmaydi!

Qonun loyihalari uçun menda birneça takliflar bor:

  • Internet tezligini 10 barobar oşiriş (va'da bora?)
  • Paypal va boşqa tölov tizimlarini işlata oliş uçun özbekistonliklarga çet elda hisob raqami oçişga imkon beruvçi qonun loyihasini işlab çiqiş.
  • Dasturçilarga, frilanserlarga xorijdagi mijozlar bilan işlaş bank xizmatlarini yaxşilaş, byurokratiyani yöqotiş.

Foydali qonun loyihasi taklif qila olmasangiz, yaxşisi heç nima qilmang. Taqiqdan köra yaxşi bu ham.