Ko Lan oroli, Pattaya

Dengiz plyajida dam oliş uçun tur-operatorlar yordamidan foydalanmasdan özim barçasini taşkillaştirişga urinib kördim. Dastlabki dam oliş joyi - Ko lan, Pattaya şahridan unça uzoqda bölmagan orol böldi.
Dam oliş uçun nimalarni band qiliş kerak:
- yöl çiptasi
- mehmonxona
- ekskursiya (ixtiyoriy)
Yöl çiptasi
Bangkokdan Pattayaga mikroavtobuslar qatnovi yölga qöyilgan. Ular yöldagi tirbandlikka qarab 2.5-3.5 soat oraliğida manzilga eltib qöyişadi. Ingliz tilini bilmaydigan transport operatorlarini çetlab ötiş uçun https://12go.asia/ deb nomlangan ajoyib xizmat mavjud. Saytda Tayland böyiça istalgan viloyatga transport topa olasiz. Bangkok-Bali Hai Pier (Pattayadagi port) yönalişida yölkira bir kişiga mikroavtobus uçun 190 bat ($6), katta avtobus uçun 150 bat ($5). Mikroavtobus ham katta avtobus ham deyarli bir xil vaqtda manzilga boradi.
Mikroavtobuslar BTS Mo çit bekati yaqinidagi yangi terminaldan harakatlanadi.
Avtobuslar esa eski terminaldan.
Bali Hai Pier portiga yetib kelgaç, orolga boriş uçun kemaga çiqiş kerak. Kema çiptasining narxi 30 bat ($1). Portdan Ko Lan oroliga 40 daqiqada yetib boradi.
Şuningdek Bali Hai Pier portidan xususiy spidbot (speedboat) transportlarini topiş mumkin, ularda yöl haqi 300 bat ($10).
Mehmonxona
Mehmonxonani agoda.com yoki booking.com dan buyurtma qiliş mumkin. Oroldagi mehmonxonalar qimmat, örtaça bir keça uçun 1500 bat ($50). Töğrisini aytganda orolda yotib qolmay, Pattayadan mehmonxona olgan ma'qul ekan. Bu haqida keyinroq.
Ekskursiya
Ekskursiyaning bizga keragi bölmadi, oroldagi 1 kunlik dam oliş uçun ekskursiya köplik qilardi.
Demak boşladik
12go.asia ertalab 7:00 da jönaydigan mikroavtobusning bekatiga 1 soat avval yetib kelişni qat'iy tavsiya qilgani uçun, keç qolib bölsada 6:40 da yetib bordik. 5 daqiqa keç qolganimizda avtobusimiz ketib qolgan bölardi. Qiziği, avtobus operatorlari uçun mijozlarning çipta buyurtma qilgani qiziqmas, "birinçi kelgani birinçi ketadi" qabilida işlaşadi.
9:30 da mikroavtobus bizni Pattaya şahridagi Bali Hai Pier portiga yetkazib olib keldi.
Bali Hai Pier porti
Portdan kemaga ötirdik va 10 yarimda Ko Lan oroliga yetib bordik.
Ko Lan (Ko - tayçasiga "orol" degani) - Pattayaga (va Bangkokga yaqin bölgan) tiniq suvli orol.
Ko Lan xaritasi
Orolga faqat kemada boriş mumkin va kemalar Nabaan hamda Tavaen portlaridan birida töxtaydi.
Orol infrastrukturasi rivojlanmagan. Transport sifatida orqa tarafiga örindiqlar örnatilgan pikaplar, uç ğildirakli tuk-tuk motobayklar va oddiy motobayklar xizmat körsatadi. Sayyohlar köpinça motobaykni kunlik ijaraga olişadi.
Ko lan köçalaridan biri
Köçalari tor, ikki maşina zörğa siğadi. Portga yetib kelgaç (yoki avvalroq), mehmonxona hodimlari bilan aloqaga çiqsangiz, ular sizni olib keliş uçun portga maşina yuboradilar (transfer service). Yana bir variant - boradigan joyingizni google mapsdan topib bora olsangiz, tuk-tuk yoki oddiy motobaykga çiqişingiz mumkin.
Biz kelgan mehmonxona - "Koh Larn De Beach": https://www.agoda.com//koh-larn-de-beach/hotel/pattaya-th.html
Mehmonxona yoqmadi, qöşni xonaning işlayotgan konditsioneri şanğillab turadi. Aslida rivojlanmagan infrastrukturali oroldan 4-5 yulduzli mehmonxona talab qiliş noörin.
Ovqatlaniş uçun halol-leyblli tamaddixona topmaganimiz uçun baliq va kartoşka-fri bilan kifoyalandik.
Plyajlar
Orolning 5 ta plyaji bor.
Tavaen (Tawaen beach) - şu nomdagi port yaqinida joylaşgan plyaj bölib, odam juda köp böladi. Şunga yaraşa plyajda xizmat körsatiş birmunça yaxşi.
Tavaen plyaji
Samae plaji ham kattagina - plyaj qumi oq, yumşoq. Tavaen va Samae plyajlarida kunning ikkinçi yarmiga kelib suv qaytadi. Suv qaytgan joyda çömiliş biroz xavfliroq, dengiz tipratikanlaridan ehtiyot böliş kerak.
Samae plyaji
Tayay (Ta Yai) plyaji eng kiçkinasi. Plyajda bittagina kafe xizmat körsatadi. Bu yerga keliş va qaytib ketişga köpçilik tuk-tuklar rozi bölavermaydi. Sababi - plyaj uzoq. Odam ham kam böladi.
Tayay plyaji
Nual plyaji - yana bir nomi maymun plyaji. Bir vaqtlar maymunlar plyajga tuşib kelgan ekan, hozir yöq. Plyaj ham kiçkina.
Nual plyaji
Tien plyaji kattaligi jihatidan orolda uçinçi örinda turadi. Odam köp emas, suvi va qumi toza.
Tien plyaji

Biz mehmonxona hodimining maslahati bilan Tien plyajiga keldik. Plyajda tölqin kuçli emas, yoş bolalar ham çömilişi mumkin. Çuqur joyi uzoqroqda ekan. Çuqur joyiga borgaç spidbotlardan (speedboat) ehtiyot bölib çömiliş kerak böladi.
Plyajda krovat-zont va katta ballonlarni ijaraga oliş mumkin. Barça plyajda krovat-zontlarning (şizlong) narxi 50-100 bat.

Şuningdek, plajda salqin içimliklar, tamaddixonalarni topsa böladi.
Selfi :)
Soat 3-4 ga yaqin orolda yotib qolmaydigan sayyohlar ketişni boşlaşadi. Plyajda xizmat körsatuvçilar yiğiştirişni boşlab, boşqalarga ham ketiş signalini berişsa kerak :D
Keçqurun orol zerikarli, keçki bozor, keçki hayot yöq.
Ertalab turib 9 yarimda portga bordik va Pattayaga qaytdik. Avtobusimiz 5 da yurişi bois, kun böyi Pattayani aylanib vaqt ötqazadigan böldik.
Walking Street
Xulosa
Bangkokdan Ko Langa yotib qolişdan köra bir kunga boriş yaxşiroq. Bunda yölga 5 soat vaqt ketadi. Ertalab 6 da çiqib ketib, keçqurun 7 da qaytiş mumkin. 5 soat yöl oğirlik qiladigan bölsa, Pattayadagi mehmonxonalardan birida tunab qoliş kerak. Pattayadagi mehmonxonalar xizmati Ko lan orolidagiga qaraganda ança yaxşi.