Big Motor Sale 2018

18-26 avgust kunlari BITEC ko’rgazmalar pavilyonida har yili o’tkazib kelinadigan Big Motor Sale ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. Ko’rgazma haqida har doimgidek tasodifan bilib qoldim. 😀

Ko’rgazma nomiga «Sale» so’zi hashamat uchun qo’shib qo’yilmagan. Haqiqatdan ham haridorlar bor, savdo bo’lyapti. Menga o’xshab tomoshaga borgan bekorchilar ko’pmas.

Mercedes Benz

Mersedes pavilyoni eng katta joyni egallagan. Hodimlari ham erinmay tushuntirishadi. Aslida Tayland yo’llarida yapon avtomobillari orasida «yevropaliklardan» Mersedes ko’p uchraydi.

Mersedes statusni aniqlab beradigan mashina.

Maklaren’dan boshqa barcha mashinalar eshigi ochiq. Test-drayv yo’q faqat 😀

Mazda

Mazda avtomobillarining turi ko’p emas. Mazda 2 va Mazda 3. Yana CX krossover modellari ham bor.

Mazda 3 ning saloni yoqdi. Narxi ham qimmat – $25000 atrofida.

Mazda 2 ning saloni kichikroq.

Toyota

Bu avtomobil Toyota Corolla Altis 2018 qozoqdayam yigʻiladi. klassi Malibuga yetmasa kerak, lekin saloni keng, shovqinsiz yuradi. Qozoqdigi narxi 18000 dan boshlanardi adashmasam.

Bangkokda Altis’lar «kiraga chiqadi», sababi Taylandda Toyota zavodi bor.

Altis Sportning nimadir hunari bo’lsa kerak 😉

Nissan Skyline

Need For Speed o’yini ta’sirida kamina uchun ideal avtomobilga chiqqan Skyline ham kelgan ekan.

Maserati

Rolls Royce. Yoniga odam yaqinlashib bo’lmaydi, atrofini o’rab qo’yishgan 🙂

Aston Martin

Porsche

Porshe moshinalari oldidagi «konfetkalar» fotograflar uchun topilma boÊ»ldi 🙂
Har qanaqa pozada rasmga olishyapti. 😀

Volvo

MG

MG xitoy korporatsiyasiga tegishli bo’lgan, asli britan brendi.
Uning hamma avtomobillari qaysidir brendning nusxasi, originali yoÊ»q ekan. Xitoy ta’siri sezilyapti.

Range Rover

Yaguar

Mini Cooper

Kreditga 0%. Lekin Cooper yapon avtomobillaridan ham qimmat.

Audi

BMW

Mitsubishi

Boshqalar

Honda Civic AQSHda ham ishonchli avtomobil sifatida qadrlanadi.

Suzuki Swift – yaponcha Mini Cooper.

Ford asosan pikaplar bilan kelgan. Amerika kompaniyalari uchun Janubi-sharqiy osiyoda non yo’q bo’lsa kerak. Yaponlar egallagan.

Bentli:

 

Video:

https://www.instagram.com/p/Bm7LnBYAKdQ/?utm_source=ig_web_button_share_sheet