Big Motor Sale 2018

18-26 avgust kunlari BITEC körgazmalar pavilyonida har yili ötkazib kelinadigan Big Motor Sale körgazmasi bölib ötdi. Körgazma haqida har doimgidek tasodifan bilib qoldim. :-D
Körgazma nomiga "Sale" sözi haşamat uçun qöşib qöyilmagan. Haqiqatdan ham haridorlar bor, savdo bölyapti. Menga öxşab tomoşaga borgan bekorçilar köpmas.
Mercedes Benz
Mersedes pavilyoni eng katta joyni egallagan. Hodimlari ham erinmay tuşuntirişadi. Aslida Tayland yöllarida yapon avtomobillari orasida "yevropaliklardan" Mersedes köp uçraydi.
Mersedes statusni aniqlab beradigan maşina.









Maklaren'dan boşqa barça maşinalar eşigi oçiq. Test-drayv yöq faqat :-D







Mazda
Mazda avtomobillarining turi köp emas. Mazda 2 va Mazda 3. Yana CX krossover modellari ham bor.


Mazda 3 ning saloni yoqdi. Narxi ham qimmat - $25000 atrofida.


Mazda 2 ning saloni kiçikroq.



Toyota

Bu avtomobil Toyota Corolla Altis 2018 qozoqdayam yiğiladi. klassi Malibuga yetmasa kerak, lekin saloni keng, şovqinsiz yuradi. Qozoqdigi narxi 18000 dan boşlanardi adaşmasam.
Bangkokda Altis'lar "kiraga çiqadi", sababi Taylandda Toyota zavodi bor.

Altis Sportning nimadir hunari bölsa kerak ;-)

Nissan Skyline
Need For Speed öyini ta'sirida kamina uçun ideal avtomobilga çiqqan Skyline ham kelgan ekan.



Maserati



Rolls Royce. Yoniga odam yaqinlaşib bölmaydi, atrofini örab qöyişgan :-)

Aston Martin


Porsçe
Porşe moşinalari oldidagi "konfetkalar" fotograflar uçun topilma böldi :-) Har qanaqa pozada rasmga olişyapti. :-D





Volvo



MG
MG xitoy korporatsiyasiga tegişli bölgan, asli britan brendi. Uning hamma avtomobillari qaysidir brendning nusxasi, originali yöq ekan. Xitoy ta'siri sezilyapti.


Range Rover


Yaguar

Mini Cooper
Kreditga 0%. Lekin Cooper yapon avtomobillaridan ham qimmat.



Audi



BMW




Mitsubişi



Boşqalar
Honda Civic AQŞda ham işonçli avtomobil sifatida qadrlanadi.

Suzuki Swift - yaponça Mini Cooper.

Ford asosan pikaplar bilan kelgan. Amerika kompaniyalari uçun Janubi-şarqiy osiyoda non yöq bölsa kerak. Yaponlar egallagan.

Bentli:

Video:
