Aliexpress'dan harid qilingan 11 yaxşi mahsulot

Frilans va Aliexpressdan foydalaniş deyarli bir vaqtda boşlangan (bir oylik farq bilan), sababi frilansda işlab topilgan mablağni dastlab qanday qilib naqdlaştirişni bilmaganman. Şuning uçun kartadagi pulni Aliexpressdan tovar harid qiliş uçun sarflaganman. Hozirgi kunga kelib, discount oliş, caşback, sotuvçi bilan bahslaşuv (dispute), pul qaytariş böyiça yetarliça tajriba bor :-)
Quyida Aliexpressdan sotib olingan va puliga arzigan (yoki omadli harid bölgan) ba'zi tovarlar bilan taniştirib ötaman.
1. Iocean X7. 2013-yil, iyun. Narxi - $222.

Iocean tarixda örtaça segmentdagi birinçi Full HD ekranli telefon sifatida qoladi. $222 narxdagi apparat öşa davr uçun haqiqiy topilma edi.
Kamçiliklari ham bölgan. Masalan telefon ba'zan qotib qolardi, batareykani çiqariş orqali perezagruzka qilişga töğri kelardi. Ekrani singanida esa, ehtiyot qismi topilmagan. Ma'lum bölişiça, telefon yiğiş jarayonida mikrosxemalari va ekrani remont qilinmaydigan qilib yopiştirilgan ekan.
2. Sades SA-708. 2013-yil, dekabr. Narxi - $16

Ajoyib nauşnik! Sotib olganimga yaqinda 5 yil bölarkan, hali ham butun, hali ham işlayapti, har kuni xizmat qiladi. SA-708 modeli geymerlar nauşnigi hisoblanadi. Bass yöq (yoki kam), kundalik işlatişga böladi.
Darvoqe, nauşnik hali ham sotuvda bor. Aliexpressdan, Lazada'dan yoki Amazondan topiş mumkin.
3. Actto NBS-08. 2013-yil, dekabr. Narxi - $15

Noutbuk-stend. Uzoq vaqt xizmat qildi. Hali ham butun albatta. Toşkentga borganimda ovolaman, kerak böladi. Hozir ham sotuvda bor bölsa kerak.
4. Skeleton qöl soati. 2014-yil, iyul. Narxi - $15

Bu mexanik qölsoat bir narsasi bilan qadrli. Uni töyim kuni taqqan edim. Keyin esa yaqin döstimga minnatdorçilik sifatida sovğa qilingan. Xotira esa qoldi, şunisi muhim.
5. Lenovo S8 898T+. 2014-yil, avgust. Narxi - $176

Lenovo S8 - öşa vaqtlarda Lenovöning şedevrlaridan biri bölgan. 7 mm qalinlikdagi ingiçka telefonning dizayni ajoyib edi. Şuningdek Vibe UI oblojkasining körinişi Android 2.3 dan katta farq qilgan, IOSga öxşatmoqçi bölişgandi. Kamçiligi - apparat Xitoy bozori uçun işlab çiqarilgani uçun 3G bizda işlamasdi.
Bu telefon 2 yilga yaqin xizmat qildi. Proşivkasi neça marta almaşdi ("tajriba quyoni" böldi).
6. Xiaomi Redmi Note 4G. 2014-noyabr. Narxi - $172

Hozir Xiaomi'ni hamma biladi. 2014-yilda esa uni oddiy "xitoy-apparat" deb qabul qilişgan. Telefonga şişali qopqoq ham çiqqan:

Bu qopqoq telefon körinişini Xperia'larga öxşatib yuborgan.
Telefonning ustunligi - şubhasiz MIUI! Kamçiligi - 4G özbekistonda işlamagan. Yana çastotasi töğri kelmagan. 3G bor edi.
7. Blueskysea B40 A118 - videoregistrator. 2015-yil, noyabr. Narxi - $48

Videoregistrator kompakt bölib, salondagi oyna orqasiga örnatiladi. Taşqaridan uning borligi darhol sezilmaydi. DAN hodimlari ham "salonga displey örnatgansan" deya olişmaydi, sababi displey salon oynasining orqasida qolib ketadi. Haydayotganda çalğitmaydi. Qiziği, videoregistrator salondagi 55-60 gradus issiqqa ham çidagan. Hozir ham işlayapti. Yaxşi topilma!
8. Karadar STR-535 - radar detektor. 2016-yil, mart. Narxi - $38

Bu radar-detektor ŞO-ME 535 ning replikasi. Original bölmasada, öz işini yaxşi uddalaydi. Ikki marta radardan ogohlantirişining özida pulini çiqarib oladi.
Kamçiligi - apparat korpusi issiqqa çidamsiz. 50 gradusdan keyin erişni boşlaydi. Bizning yoz uçun çiqarilmagan. Bir yil uçun $38 investitsiya kiritiş yomonmas, ayniqsa u yil böyi 10 dan ortiq holatlarda qutqarsa. ;-)
9. Lenovo K3 Note. 2017-yil, iyun. Narxi - $115.

Lenovo K3 Note'ning kamerasi super! Budjet narxidagi smartfon örta narx segmentidagi apparatlar kabi yaxşi rasmga oladi. Bonuslardan yana Full HD ekran, sifatli kolonka va yangilangan Vibe UI ni körsatiş mumkin.
Uşbu telefondan 3-4 marta buyurtma qilişgan.
10. Mirascreen. 2016-yil, oktyabr. Narxi - $14

Mirascreen - Google Çromecastning xitoyça analogi. Android telefon yoki planşetdagi tasvirni wifi orqali HDMI porti bor televizorga uzatib beradi. Android 5 dan pastki versiyalarida işlamagan. Boşqa kamçiligi yöq. Hali ham işlaydi.
11. Meizu MX6. 2017-yil, yanvar. Narxi - $222

Eng uzoq muddat Meizu MX6 dan foydalandim (bir yarim yil), uning ta'siridan bölsa kerak, keyingi apparatga ham Meizu'ni tanlamoqçi edim (Oneplus 6 ga özgardi).
Telefonni özgartiriş uçun tayinli sabab topilmasdi. 4gb operativ xotira, körinişi Iphone 7/8 ga öxşaydi, Flyme operatsion tizimi IOSga öxşaş, Helio P20 protsessor hamma öyinlarni kötaradi. Maxsus işlab çiqilgan Sony IMX386 kameraga e'tiroz yöq - töliq baxt uçun nima kerak? :-D
Mendagi eng yaxşilari şular. Sizda qaysi harid omadli çiqqan?