WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

Bobur masjidi

Bobur masjidi

Yakşanba kuni Yangi Dehlida hind ruhoniylari va ularning muridlari - 200 mingdan ortiq odam Hindiston boş vaziri Narendra Modining Hind millatçi partiyasidan Ayodhyadagi masjid xarobalari örniga hind ibodatxonasini tiklaşni talab qilib çiqişipti.

Hindistonda 1.3 milliard aholining 14% ni musulmonlar taşkil qiladi va nima uçundir millatçi hindlar etnik kamçilik - musulmonlarga qarşi tiş qayrab yurişadi. Yaqinda "Toj Mahal"da juma namozidan boşqa vaqtda ibodat qilişni taqiqlaşgandi, avvalroq esa "Toj Mahal"ni hind osori-atiqasi sifatida tan olişni ham söraşgan.

Ayodhyadagi masjid haqida eslab ötmasak bölmas. Masjid 1527-yilda Zahiriddin Muhammad Bobur taşabbusi bilan qurilgan bölib, eng katta masjidlardan biri hisoblangan. Nomi ham hozirgaça Babri masjid yoki Bobur masjidi deyiladi. Wikipediada masjid haqida qiziqarli ma'lumotlar bor. Masalan, 1949-yil 22-dekabr keçasi 50-60 çoğli odam hindlarning afsonasi Ram va Sita haykalini masjidga olib kirib qöyişgan, ertasiga haykallar möjizaviy tarzda paydo bölib qolgani haqida jar solişgan. Şu tariqa masjid turgan hududni Ramning tuğilgan joyi deb da'vo qilişni boşlaşgan. Google Maps'dan qidirsangiz, masjid atrofida hindlarning ibodatxonalari tölib yotipti.

1992-yilda foydalanilmayotgan masjidga hind olomon bostirib kirib, uni vayron qilişgan va mahalliy musulmonlar bilan töqnaşuv bölib ötgan. Natijada 2000 ga yaqin odam halok bölgan edi. Keyinçalik ma'lum bölişiça, hujumni Hind millatçi partiyasi uyuştirgan ekan. Yuqorida anglagan bölsangiz kerak, Narendra Modi şu partiya a'zosi. Endi dastlabki ikki abzatsni yana bir marta öqisangiz, 200 mingdan ortiq odam qatnaşgan miting uyuştirilgani ma'lum böladi.

Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" romanida yozilişiça, Bobur hindlarning madaniyatiga hurmat bilan munosabatda bölgan, uning avlodlari ham Hindistonda uzoq yillar tinç hukmronlik qilişganki, Angliya bosib olmagunça hindlarning özi mustaqillikka erişişiga zarurat bölmagan.

Aytganday, bizning TVda hali ham "Ramayana" serialini qöyib turişadimi? Hind eposlarini balki bas qilib turiş kerakdir, heç bölmaganda millatçi hindlar hokimyatdan tuşgunça.