WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

Tayland haydovçilik guvohnomasini oliş

Taylandda haydovçilik guvohnomasini oliş

Tayland haydovçilik guvohnomasi qirollikda avtomobil va motobayk boşqariş uçun majburiy (hamma yerda bölgani kabi). Bizdagi tartibdan farqli ravişda qirollikda avtomobil boşqariş uçun va motobayk uçun alohida guvohnoma oliş kerak.

Tayland guvohnomasining bir qator afzalliklari bor:

  • Guvohnoma boşqa janubi-şarqiy Osiyo mamlakatlarida (Malayziya, Singapur, Filippin, Indoneziya, va hk) ötadi.
  • Guvohnomani pasport örnida hujjat sifatida qabul qilişadi va ba'zi milliy park va attraksionlarga mahalliy aholi uçun belgilangan narxlardan foydalaniş mumkin.
  • Avtohalokat sodir bölganda, agar ayb sizda bölmasa qonun siz tomonda bölişi mumkin (köpinça avtohalokatlarda sayyohlarni aybdorga çiqarişadi)
  • Beş yillik guvohnoma asosida xalqaro haydovçilik guvohnomasi oliş mumkin.

Guvohnomani oliş 250-500 bat turadi. Sizdan şunçaki mahalliy DAN binosiga kelib imtihon topşiriş talab qilinadi. Yana bir variant - Özbekiston haydovçilik guvohnomasini Taylandnikiga almaştiriş mumkin. Quyida şuni körib çiqamiz.

Özbekistonning Bangkokdagi konsulligiga borib haydovçilik guvohnomasini notarial tarjima qilib berişni söraysiz. Yarim kunda tayyorlab berişadi. Xizmat haqi 1600 bat (~$50) böladi. Konsullikdan boşqa joyda qilingan tarjimalarni mahalliy DAN qabul qilmaydi.

Agar işlaş ruxsatnomangiz (work permit) bölsa, uning nusxasini çiqarib olasiz. Turistik viza bilan guvohnoma olib bölmaydi. Boşqa viza, masalan Non-o bölsa, u holda residence certificate nusxasi ham kerak böladi. Residence certificate'ni turar joyning uzoq muddatli (1 yillik) şartnomasi asosida immigratsiyada berişadi, yoki Özbekiston konsulligida ham taqdim etişadi. Yana pasport, viza va kiriş ştampi urilgan sahifalarining nusxasi ham kerak.

Tay tilini bilmasangiz, agentlar xizmatidan foydalangan ma'qul. Men Fatboy ( https://www.facebook.com/Fatboyservices/ ) ni tanladim. Ularga tölanadigan 2000 bat içida med.spravka (odatda narxi 150-300 bat), guvohnoma narxi (250-500 bat) va agent xizmati haqi kiradi. Ular siz bilan yurib med.spravkani olişadi, qolgan protseduralarda ham özlari yordam berişadi va yarim kunda prava olişga muvaffaq bölasiz.

Qanday imtihonlar topşiriladi?

Guvohnoma almaştirişda yöl qoidasi böyiça imtihon topşirilmaydi. Faqat 3ta testdan ötiladi:

  • Color blindness test. Töğriga qarab turib, ikki yon tarafda özgarayotgan ranglarni aytiş
  • Depth perception test. 2 obyektni bir çiziqqa keltiriş
  • Reflection test. Qizil çiroq yonganda simulyatorda oyoqni gazdan olib tormozni bosiş.

Keyin esa 1 soatça yöl harakati qoidalari haqida video qöyib berişadi. Men uni köproq yöl harakati madaniyati haqidagi video deb atagan bölardim. Videoda bir-biriga yöl beriş, qattiq signal çalmaslik, tezlikni oşirmaslik, şu kabi maslahatlar beriladi.

Söngra 1 soat içida çaqirib rasmga olişadi va 5 daqiqada haydovçilik guvohnomasini çiqarib berişadi.

Dastlab 2 yilga vaqtinçalik guvohnoma beriladi. Muddati tugagaç 5 yillik haqiqiy guvohnoma olinadi.