WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

Rus tiliga rasmiy maqom beriş haqida

Rus tiliga rasmiy maqom beriş

Rus tiliga rasmiy maqom beriş, umuman boşqa tilga rasmiy maqom tirkaş aslida yomonmas. Masalan Singapurning dastlabki boş vaziri maktablarda ingliz tilini asosiy til sifatida qöllaşni boşlagan. Öşanda ham Singapur aholisining asosiy qismi - kelib çiqişi xitoylik bölgan xalq va media uni davlatga xiyonatda, ötganlarni unutişga majburlayotgani haqida bong urgan.

Hozirgi holatda rus tiliga rasmiy maqomni berişga çaqiriş - rus imperialistik tarğibotining bir körinişi xolos. Ammo bir narsani tan olişga majburman, özbek tili Özbekistondan taşqarida heç kimga kerakmas. Özbek tilida ilmiy maqolalar, ilmiy kitoblar juda kam. Öz kasbida professional darajaga çiqiş uçun albatta çet tilini biliş kerak böladi. Şunday ekan, agar rasmiy til berişdan maqsad aholining til biliş darajasini oşiriş bölsa, u holda ikkinçi til sifatida ingliz tilini rivojlantiriş kerak böladi. Ingliz tili sobiq sovet ittifoqi davlatlaridan taşqari boşqa mamlakatlarda ikkinçi til sifatida qabul qilinadi.

P.s. Vesti.uz ning keyingi yangiligi ularning yuzini körsatib beripti: https://vesti.uz/v-ssha-pozhaleli-fanatikov-iz-srednej-azii/ Xullas, jiddiy e'tiborga arzimaydigan propaganda sayt.

Qiziq paradoks: adaşmayotgan bölsam ular kirill alifbosini qaytariş haqida ham kötarib çiqişgandi. Oqibatda lotin alifbosini takomillaştiriş jarayoni boşlangan. Huddi şu tarzda, rus tiliga rasmiy maqom beriş petitsiyasiga qarşi - hukumat hujjatlarida va qonun loyihalarida özbek tilidan foydalanişni majburiy qilib qöyiş amaliyoti qöllansa bundan faqat xursand bölamiz.