Aeroport-hoji (davomi)

O'tiribmiz, poylaab. Ofitser 2 soatdan beri kutinglar deydi...
Til bilish har doim asqotadi. Guruh rahbari ofitserning "hozir hech narsa qilolmayman, kutinglar" degan gapini "hal bo'pqoladi deyapti, kutinglar" dib tarjima qilgan bo'lsa, arabcha so'zlasha oladigan amaki muammoni tushuntirib berdilar.
Ma'lum bo'lishicha, turfirma vaqtdan yutish uchun vizani Saudiya Arabistonining Astana va Jakartadagi konsulxonasi orqali tayyorlagan. Astana orqali olingan vizaning turi esa turistik viza bo'lgan ekan. Saudiya yangicha turistik vizalarni 27-sentyabrdan boshlab yo'lga qo'ydi. Ushbu yangilikdan Markaziy Osiyoning faqat Qozog'iston fuqarolari foydalanishlari mumkin. Shu yerda bir necha savol tug'iladi:
- O'zbekiston fuqarolariga Qozog'istondagi konsullik nima uchun turistik viza berdi?
- Qaysi duh bilan turfirma turistik viza bilan odamlarni chegaradan o'tqizmoqchi bo'ldi?
- Bizdan avvalgi guruh qanday qilib turistik viza bilan o'tib ketipti?