Bangkokda salondan Mazda 2 avtomobilini olib çiqiş

19-iyul, yakşanba. Internetda Mazda avtomobillari uçun 25% dastlabki tölov va 5 yilda 0% şartida bölib tölaş imkoniyati haqida reklama berişayotganiga közim tuşgan edi. 0% stavkada oliş qiziqtirib qöygani uçun, Mazda saloni oldidan ötib ketayotganda kirib çiqdim. Hayriyatki, salonda ingliz tilini biladigan hodim bor ekan, aksiya şartlarini tuşuntirib berdi. Öylab köraman deb çiqib ketdim. :)
20-iyul, duşanba. Diler aloqaga çiqdi. Aksiya 31-iyulgaça davom etadi, öylab körişizga köp vaqt qolmayapti deydi :))
- Ok, avtomobilga yana nimalar qöşib berasizlar?
- Keling, gaplaşamiz.
Keçqurun salonga bordim. Mazda 2 S pozitsiya, 637000 bat ($20,000). Avtomobil sub-compact sedan. Boşqa raqobatçilaridan menga yoqqan ustunliklari:
- Apple CarPlay/Android Auto ni podderjka qiladigan 7 dyumli touchscreen multimedia qurilmasi
- Eşik, rul va torpedkada kojannaya obşivka işlatilgan
- kruiz kontrol
Mazda 2 reklamalari pleylisti:
Motor expo 2019 da olingan özimizning qisqaça şarh: ;)
Qöşimça qilib, tekinga:
- 1 yilga birinçi klass straxovka (deyarli barça hodisalarni qoplaydi)
- 60% lik tonirovka
- bagajga kovrik
- 3 marta tekin körik (har 10,000 kmda)
- nomer va nomer ramkasi
- 3 yil garantiya.
Yaxşi taklif!
21-iyul, seşanba. Rassroçka uçun hujjatlarni yubordim. Ma'lum bölişiça, çet ellik birinçi marta rassroçkaga sotib olayotganda kafillikka Tayland fuqarosi bölişi kerak ekan. Meni kim kafillikka oladi? :))
- Bölmaydi, men heç kimdan kafillik söramoqçi emasman. Ikki yildan beri rasman oylik olaman, soliq tölayman, ijara tölovlarini vaqtida tölaganman. Işonmasangiz, sizni töğri tuşunaman.
- 30% dastlabki tölov, 5 yilga 2% yillik stavka, böladimi?
- Yöq, uzr. 0% bölgani uçungina Mazda'ga keldim. ...
- Ok, 5 yilga 0%, lekin 30% dastlabki tölov, töğri keladimi? "Hm... 25% da 160,000 bat tölardim ($5000), 30% da $1000 köp bölar ekan".
- Aha böladi. Ok, hujjatlarni bankga yuboraman, qaçon kelib-ketişga vaqtiz böladi?
- Şanba kuni. ...
- Şanbada bank hodimi Bangkok Motor Show körgazmasida bölarkan. Juma kuni işdan çiqib kela olasizmi?
- Ok, kelişdik.
24-iyul, juma. Oldinda qirolning tuğilgan kuni va karantin sabab qoldirilgan Songkran bayrami qöşilib, 4 kunlik dam oliş kuni kutib turgani uçun, Bangkok asta-sekin böşamoqda. Şu bilan birga, köçalardagi tirbandlik natijasi ölaroq, Google Maps şaharni töq-qizil rangda körsatib turipti. 4 km uçun avtomobilda 40 minut yuradigan bölsam, avtomobil manga kerakmi özi? :)) (Spoiler: Işga borib-keliş va bolamni boğçaga oborib-opkelişim uçun kerak. Bangkok - avtomobil şahri. Avtobuslar qulay emas).
Tirbandlik sabab, 45 minut keç qolib kelgan bank hodimi arizaga qöl qöydirib olgaç, hujjatlarni olib ketdi. Javobini keyingi hafta çorşanba yoki payşanbada aytişadi.
25-iyul, şanba. Bank hodimi aloqaga çiqdi:
- Bank kitobçangiz 2018-yildan beri yangilanmagan, unga ohirgi 6 oydagi tranzaksiyalarni tuşirib bera olasizmi?
- ?.. Aha höp...
Nimaga 21-asrda, mobile banking/internet banking bölaturib, bank kitobçasida ma'lumot öqimoqçi bular? 6 oylik hisobotni internet bankingdan olib, printerga çiqarib berganim ötmas ekan.
Kitobçani töldiradigan Passbook maşinasi esa qovun tuşirdi. Kitobçaga ohirgi ikki oylik tranzaksiyalarni çiqarib berdi faqat. Endi çorşanbada bankga boriş kerak.
29-iyul, çorşanba. 6 oylik hisobotni oliş uçun bankga bordim. Biryöla kredit karta ham oçtirmoqçi edim. Kredit kartadan işlatilgan summani bir oy içida qaytarsa protsent yozmaydi. Kartada depozit pulni muzlatib qöyiş funksiyasi borligi uçun xalqaro avtomobil ijaraçilari kredit kartalar bilan işlaşni ma'qul körişadi. Mahalliy ijaraçilar esa depozitni naqd pul yoki bank-transfer orqali olişadi ammo ularda ijara narhi 50-70% qimmat.
Karta uçun suhbat:
- Sizda işlaş ruxsatnomasi bormi?
- Bor.
- Oyligingiz bizning bankdagi hisobingizga tuşadimi?
- Ha.
- Oyligingiz XXX000 bat'dan köpmi?
- Ha.
- Biz maksimum kredit limiti summasini hisobingizdan depozit sifatida saqlab turamiz. Kreditni işlatganingizda depozitdan ketadi.
- ?? Ok, karta kerakmas...
Tuşuntiriş. Kredit limit 50,000 bat bölsa, şu summani hisobimda muzlatib qöyişadi. Kredit kartamni işlatganimda ana şu hisobdan ketadi. Oy ohirigaça pulni joyiga qaytariş kerak. :D
Ideya yomonmas, aslida. Kredit olmay turib, kredit karta funksiyalaridan foydalaniş imkoniyati berilyapti. Şunçaki, yilda bir-ikki marta işlatiladigan kredit karta uçun depozit muzlatiş - yaxşi variant emas.
Bangkok bank Taylandning eng qoloq banklaridan. Masalan, ularning mobil banking dasturi Android 10 telefonlarida işlamaydi. Kredit karta böyiça yuqoridagi ahvol.
31-iyul, juma. Bank hodimasi aloqaga çiqdi. Digital work permit'dagi (işlaş ruxsatnomasidagi) QR-kod işlamayotgan ekan, şu sababli iş joyimni yuridik taraflama tasdiqlay olişmadi. Tekşirib kördim, rostan işlamayapti. HR hodimasi esa, keyingi oyda vizani uzaytiriş uçun borganimizda töğirlatamiz deb aytdi.
Alternativ variant - immigratsiyaga yoki Özbekiston konsulxonasiga borib, hozirgi yaşab turgan joyimni tasdiqlaş uçun Residence Certificate oliş kerak bölarkan.
Residence Certificate söraş - brilliant ideya! Yangi uyga köçiş uçun kamida bir yilga ijara şartnomasi (lease agreement) tuziladi. Köçgaç, birinçi kuni immigratsiyaga TM30 formada bildiruv (notification) yuboriladi. Har uç oyda TM47 formada yana immigratsiyaga bildiruv beriladi.
Bankga ijara şartnomasi, TM30, TM47 hujjatlari taqdim etilgan. Lekin qoidasi böyiça bular yetarli emas, turar joyimni tasdiqlatişim uçun albatta Residence Certificate ham bölişi kerak.
3-avgust, duşanba. Konsullikga borib, 2 soatda işimni hal qildim. Konsullikga e'tiroz yöq, yaxşi işlaşadi. Faqat biroz sekin, "relaxed mode". Residence Certificate tayyor bölgaç, uni rasmga olib bankga yubordim. Nihoyat bank anketani ma'qulladi.
Diler avtomobilni tayyorlab qöygan ekan. Avtomobilni tekşirib, 30% dastlabki tölovni tölab ketdim. Ertaga barça hujjatlari tayyor bölarkan, salondan olib çiqib ketaman.
4-avgust, seşanba:
