WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

Full time dasturçidan frilanserlikka. Frilansning ustunliklari va kamçiliklari

Frilans haqida

Köpgina oylikka işlovçi dasturçilar bir kun kelib frilansga ötiş qanday bölişi haqida qiziqib körişadi. Bu qiziqişga frilansdagi yuqori soatbay stavkalar va iş vaqtining qat'iy belgilanmaganligi sabab böladi. Şunda birneça savollar yuzaga çiqadi:

  • mijozlarni qanday qilib topaman?
  • bilimlarim frilans uçun yetarli böladimi?
  • daromadim stabil böladimi?

Şubhalar qarşisida va köp pul topiş hayollari tarqab ketgaç, doimiy iş joyi risklardan holi, maqbul variantdek tuyuladi.

Savollarga javob berişdan oldin frilans dasturlaş siz uçun mos ekanligini aniqlaştirib olamiz. Bunda frilansingning ustunliklari va kamçiliklarini sanab ötamiz. Ularni doimiy iş joyi pozitsiyasi bilan soliştiramiz, şunday qilib siz qaysi variant özingiz uçun yaxşi ekanligini bilib olasiz.

Frilansning ijobiy taraflari

Moslaşuvçanlik. Qat'iy bölmagan iş vaqti har doim frilansning ustunligi bölib kelgan. Ofisda duşanbadan jumagaça har kuni işga qatnaş oldida, odam özi istagan vaqtida noutbuki bilan özi istagan joyda işlaşi qiziqroq tuyuladi. Agar siz uçun noutbukda kod yoziş qiyin bölmasa, kafeda, coworking markazda işlaş ofisda ötirişdan maroqliroq. Ammo şaxsan men samaradorlik uçun ikkita monitorda, alohida klaviatura va magic mouse'da işlaşni afzal köraman.

Erkinlik. Frilanserlar özi uçun özi boşqaruvçi bölişadi. Siz soatbay narxingizni, qanday proyektda işlaşni özingiz hal qilasiz. Lekin bu yerda erkinlikning ham tölovi bor. Erkin iş rejimida ba'zilar uçun işlaşga motivatsiya yetişmasligi yoki iş sifati pasayib ketişi mumkin. Demak erkinlik öz işini boşqara oluvçilar uçungina ajoyib imkoniyat böladi.

Işni lifestyle bilan moslaş imkoniyati. Yilda 10 oy işlab 1-2 oy sayohatga çiqiş imkoniyatini frilansda şartnomaviy işlar olib uddalaş mumkin. Doimiy iş joyida uzoq muddatga ta'til olib ketişning imkoni yöq. Agar dekretga çiqmayotgan bölsangiz.

Soatbay tarifda oylikka işlovçi dasturçidan köp daromad topiş imkoniyati. Frilansda dasturçilarning soatbay iş haqi ularning bilim va tajribasiga qarab $20 dan boşlanib $250 gaça boradi (Soatbay tarifini $20 dan past qilganlar, demping yaxşimas!). Tarifning yuqori bölişiga sabab, frilanserlarda tölanmaydigan iş vaqtlari ham bor. Tölanmaydigan iş vaqtlariga iş qidiriş, mijoz bilan şartnoma bandlarini kelişiş, betoblik va dam oliş kunlari kiradi. Frilansda yaxşi daromad qiliş uçun ideal holatda, yaxşi mijozdan qayta-qayta proyektlar olgan ma'qul. Şunda iş qidirişga vaqt sarflamaysiz.

Işlaş usulini özingiz tanlay olasiz. Oylikka işlovçi dasturçi sifatida, siz jamoaga yoki proyekt menejerning işlaş usuliga moslaşişingiz kerak. Bu, proyektni boşqariş dasturlari - Trello, Wrike'da işlaş, ortiqça hisobot beriş, stendap va keraksiz meetinglarni öz içiga oladi. Agar frilanser sifatida jamoada işlasangiz baribir qoidalarga amal qilişga töğri keladi. Individual işlaganda mijozlar frilanserning işlaş usuliga emas, uning natijasiga e'tibor qaratişadi.

Frilansning salbiy taraflari

Bemorlik kunlari, iş beruvçi tölaydigan dam oliş kunlari, ofisda beriladigan noutbuklar, pensiyaga pul ötkaziş, bonuslar, tekin tuşlik va şirinliklar - ular haqida unuting. Frilanserlar odatda mijozdan puldan boşqa qöşimça bonuslar olişmaydi. Ammo ularga yangi texnika, dam oliş kunlari baribir kerak böladi. Frilansda bularning narxi soatbay tarifga qöşilib ketadi. Demak frilanserning profilida $30 yoki $50 soatbay tarif körsangiz bu lakşeri super puperlikdan emas, balki zaruriyatdan böladi.

Ingliz tilini biliş. Öz xizmatingizni global bozorda sota oliş uçun, mijozlar bilan proyekt muhokamasi uçun albatta biror çet tilini bilişingiz kerak. Rus tilini biliş yaxşi, ammo rus frilans birjalari global birjalardan köra kam tölaydi. Yana bir hunuk tarafi, rus birjalarida kiydiriş ehtimoli köproq. Yaxşisi ingliz tilini kamida chatda yozib gaplaşiş darajasida örganing. Yana bir variant - ingliz tilini biladigan va proyektning dasturlaş jarayonini tuşunadigan tarjimon bilan birga işlaş. Bunda tarjimon sizning nomingizdan mijozlar bilan gaplaşadi.

Soliq böyiça qöşimça qoğozbozlik. Özbekistonda frilanserlar uçun soliq tölaşning ikki yöli bor:

  • jismoniy şaxs sifatida soliq deklaratsiyasini topşiriş va daromaddan 12% soliq tölaş
  • yakka tartibdagi tadbirkor bölib, ikkita minimalka soliq va bitta minimalka pensiya fondiga pul tölaş.

Qoğozbozliklar oylikka işlovçilar uçun iş beruvçining zimmasida bölsa, frilanserlar bu masalada ham mustaqil bölişlariga töğri keladi.

Stabil bölmagan daromad. Frilanserlarda "bayram yoki oçlik" fenomeni mavjud. Ba'zan mijozlar köpayib ketadi yoki ular bir vaqtda iş berib qolişadi. Oqibatda barçasini öz muddatida topşiriş uçun kuniga 10-12 soatlab işlaş, dam oliş kunlarini ham işga ulab yuboriş kuzatiladi. Ba'zan esa iş umuman bölmaydi. Yangi mijoz topiş uçun frilans birjalarda vaqt ötkazişga majbur bölasiz. Nostabillik yaqinda iş boşlagan yoki yaxşi natija körsatmaslik oqibatida mijozlar yiğib ololmagan frilanserlar uçun odatiy hol. Şaxsiy tajribada yiliga bir yoki ikki oy işsizlik kuzatilgan. Bunday holatda şunçaki tuşkunlikka tuşmasdan yangi mijozlarni qidiriş, frilans birjalarda nisbatan kiçkina işlarni olib vaqt ötkaziş kerak. Dasturlaş bilimlarini oşiriş uçun ham işsizlik ayni vaqti.

Hozirça şular. Frilansning ustunlik va kamçiliklarini örganib çiqib, özingiz uçun qaror qabul qiling.