Frilans uchun ingliz tilini bilish darajasi va uni qanday qilib o'rganish mumkin?
Global frilans birjalarida, shu jumladan Upworkda qulay ish olib borish uchun ingliz tili darajasi kamida buyurtmachilar bilan chatda yozishib gaplasha oladigan darajada bo'lishi kerak. To'g'ri, Google translate orqali gaplarni tarjima qilib gaplashish ham mumkin, lekin bunda gap tuzishda tarjimon dasturdan foydalanayotganingiz bilinib turadi. Shuning uchun agar ingliz tilini bilmaydigan bo'lsangiz, o'quv kurslariga qatnashib, hech bo'lmaganda grammatikani o'rganing. Gap tuzishda grammatikani bilish asqotadi.
Rus tilini o'rganish bilan rus birjalarida ish boshlash mumkin. Men rus birjalarini maslahat bermayman.
Nima uchun Upwork, rus birjalari emas?
- Rus birjalari kam to'laydi.
- Rus birjalarida pulini to'lamasdan kiydirib ketish ehtimoli katta. Taqqoslash uchun, Upworkdagi buyurtmachilarimdan hech kim pulni to'lamasdan ketmagan.
- Upwork'da tranzaksiyalar dollarda bo'ladi. Rus birjalari rublda to'laydi.
- Upwork bozori rus birjalaridan 100 baravar katta
- Upworkda soatbay ishlashda kafolatlangan to'lov bor.
- Rus birjalaridan biri fl.ru da frilanserlar ma'lumotlari va hatto saytning manba kodlari chiqib ketdi. Bu xavfsizlik uchun katta minus.