WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

Mikroservislar arxitekturasi

Microservices

Mikroservislar (Microservices) arxitekturasi deb dasturni kiçik-kiçik mustaqil komponentlar asosida taşkil etişga aytiladi.

Mikroservislarni batafsil tuşuntirişdan oldin, dastlab biz dasturlarni işlab çiqiş evolyutsiyasi, qanday qilib mikroservislarga zaruriyat hosil bölgani haqida töxtalamiz.

2000-yillar boşlarini qarasak, dasturlar yaxlit, bir butun bölib, frontend va backend bitta loyiha içida aralaşib ketgan. Tabiiyki, öşanda dasturçi frontend va backend'ga ajratib ötirilmagan. Hozirgi til bilan aytganda full-stack dasturçilar bölişgan. 2000-yillar örtalaridan boşlab, CMSlar (kontent menejment tizimlari) ommalaşa borgan. Wordpress, Drupal, Magento dasturlaşda keng qöllanila boşlangan. Uşbu davrdagi dasturlarni monolit - bir butun loyiha deb ataladi.

Monolit dasturlarni işlab çiqişda va rivojlantirib borişda asosiy kamçilik - tizimdagi bir xatolik dastur işini töxtatib qöyişi mumkin. Şuningdek, özgarişlarni production'ga çiqarişda (deployment) bitta kiçkina özgariş uçun butun tizimni qaytadan deploy qiliş kerak bölardi.

2010-yillar boşlaridan, dasturlaş frontend va backend qismlarga ajraldi. Single page application'lar paydo böla boşladi. Frontend qismi alohida dastur bölib, backend qismi API orqali ma'lumot yetkazib beradigan böldi.

Endi monolit dasturdagi kamçiliklar backend'ga köçdi. API bazasi kattalaşib keta boşladi va backend qismida qilinadigan xatolikning badali ortib ketdi. Şu sabab, backend'ni bir neça mustaqil qismlarga böliş zaruriyati tuğildi. Şu tariqa mikroservislar arxitekturasi paydo böldi.

Mikroservislar arxitekturasining afzalliklari

Katta loyihalarni bir biridan mustaqil kiçik servislarga bölib yuborişning asosiy afzalligi - bir servis bitta yoki bir neça dasturçilar jamoasi tarafdan işlab çiqiladi. Ularning işi umumiy tizimga ta'sir körsatmaydi.

Bitta servisda uçraydigan xato faqat öşa servisning işini töxtatib qöyişi mumkin.

Servislar qöllab-quvvatlaş uçun ham oson, özgarişlarni production'ga qöşiş uçun faqat servisning özini deploy qilinadi. Şuningdek, umumiy tizim uçun reliz çiqarişni kutib ötirmasdan, özgarişlarni davomli qöşib boriş imkoni bor.

Yana bir eng katta afzalliklardan biri - servisni işlab çiqiş uçun dasturlaş texnologiyasini tanlaş imkoni bor. Baribir yakunda servis yagona standartdagi (JSON) API orqali xizmat körsatadi. Masalan bir servis Nodejs'da işlasa, boşqasi Python'da, yana biri Java'da dasturlanadi. Umuman, servisning qiladigan işiga qarab ham dasturlaş texnologiyasini tanlaş imkoni bor.

Mikroservislar sabab, umumiy tizim biror dasturlaş tiliga boğliq bölib qolmaydi. Demak, jamoaga dasturçilar qöşilganda ular şaroitga qarab, özlari biladigan dasturlaş texnologiyasida işlayverişadi.

Risklarning katta emasligi öz-özidan yangi çiqayotgan texnologiyalarni loyihada sinab körişga imkon beradi.

Qanday qilib monolit loyiha mikroservislarga ötkaziladi?

Bu savolga aniq instruksiya qilib javob beriş imkonsiz, barçasi loyiha qanday dasturlanganiga boğliq. Agar dasturda frontend va backend ajratilmagan bölsa, dastlab uni ajratişdan boşlaş kerak böladi.

Backend alohida işlaydigan bölsa, uni mantiqiy bir neça qismlarga bölişni reja qilinadi. Qismlar keyin mikroservislar sifatida paydo böladi. Masalan onlayn dökon misolida qismlar:

  • Mahsulotlar katalogini boşqariş
  • Omborni boşqariş
  • Buyurtmalar
  • Yetkazib beriş
  • Foydalanuvçilar
  • Mahsulotlarni tavsiya qiliş

Qismlar mikroservislar sifatida yasaladi. Agar loyihada API işlab turgan bölsa, mikroservislarni işlab çiqiş katta qiyinçilik tuğdirmasa kerak. Çunki frontendga API'dan keladigan ma'lumotlar strukturasi özgarmaydi. Mikroservislar yasalib bölingaç, ideal holatda frontenddagi özgariş faqat API URL'larini özgartiriş böladi.

Servislarni işlab çiqişda va ularning baza bilan aloqasida bir muhim jihatni e'tiborga oliş kerak:

Bir turdagi ma'lumot ustida amallarni faqat bir servis işlaşi zarur.

Masalan foydalanuvçi ma'lumotlarini bazaga yoziş/öqiş uçun faqat "foydalanuvçilar" mikroservisi işlasin, **boşqa mikroservisda foydalanuvçi ma'lumotlarini özgartirişi kerak bölganda u bazaga murojaat qilmasin, "foydalanuvçilar" servisiga murojaat qilsin. **Bu tizim kattalaşganda ham baza ustidan nazoratni saqlaşning imkonini beradi.

Bir OS'da birneça mikroservislar

Bu model osonroq va loyiha yagona dasturlaş tilida, yagona dasturlaş tili versiyasida yozilgan bölsa qulay. Oddiyroq tuşuntirganda, lokal serverda yoki hostingda, bir operatsion tizim içida har bir mikroservis öz portida işlayveradi.

Kamçiligi

  • servislarning imkoniyatlarini çeklab qöyadi. Masalan bir hostingdagi barça Java'da yozilgan servislar bir xil Java versiyasini işlatişi kerak.
  • mikroservislar köpayib borgani sari, ular orasida texnik-konfliktlar çiqişni boşlaydi.

Bir mikroservis uçun bir OS

Bir OSdagi mikroservislardagi kamçilik sababli, bir mikroservis uçun bir OS modeli afzal köriladi. Uşbu modelda servis köproq izolyatsiyalangan böladi, OSni servis uçun moslaş imkoni beriladi.

Albatta har bir mikroservis uçun kompyuterda yoki hostingda alohida OS örnatilmaydi. Eng keng tarqalgan körinişi - Docker, mikroservislarni konteynerlarda saqlab, har bir konteynerda OS örnatiladi.


Maqolada köpgina yangi terminlardan foydalanildi, şu sababli tuşunarsiz qismlarida terminlarni google'dan qidirib batafsil ma'lumot topişingiz mumkin.