WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

Graph masalalari. Bipartite graph

Bipartite graph

Graph masalalari qiziq bölib, köpinça real hayotda uçraydigan muammolarni yeçişga yordam beradi. Masalan, otam distribyutor - dökonlarga non yetkazib beruvçi bölib işlaganlarida, şahardagi dökonlarni qanday qilib eng qisqa masofa bosib va/yoki eng qisqa vaqt içida aylanib çiqiş mumkinligi haqida söragandilar. Albatta, graph'lar haqida bilmaganim uçun öşanda ularning masalalariga dasturiy yöl bilan javob topolmaganman.

Qisqa yöl topiş algoritmi haqida kelgusi mavzularda töxtalamiz. Uşbu maqolada biz graph'ning bipartite'ligiga tekşiramiz.

Bipartite graph

Agar graph'ning har bir vertex'i qarama-qarşi tomondagi vertex'ga boğlanuvçi ikki subset'ga (qismga) ajraladigan bölsa, demak graph - bipartite böladi.

Bipartite graph. Image credit: https://www.geeksforgeeks.org/bipartite-graph/ Bipartite graph. Image credit: https://www.geeksforgeeks.org/bipartite-graph/

Graph'ning bipartite'ligini aniqlaş uçun vertex'larga ikki xil rang, masalan qizil yoki kök rang beramiz. Agar barça qizil rangdagi vertex'lar kök rangdagi vertex'larga boğlangan bölsa, yoki barça kök rangdagi vertex'lar qizil rangdagi vertex'larga boğlangan bölsa, demak graph - bipartite hisoblanadi.

Agar graph aylana şaklda va vertex'lar miqdori juft son bölsa, bu graph'ni bipartite deb hisoblaş mumkin.

Bipartite graph. Image credit: https://www.geeksforgeeks.org/bipartite-graph/ **Bipartite graph. Image credit: https://www.geeksforgeeks.org/bipartite-graph/

Işlaş tartibi

Graph'ga rang beriş uçun depth first search algoritmidan foydalanamiz. Dastlab birinçi vertex'ga qizil rang beramiz. Unga boğlangan vertex'larga kök rang, kök vertex'larga boğlangan vertex'larga qizil rang va hk berib boramiz. Agar boğlangan vertex'ga allaqaçon rang berilgan bölsa va uning rangi boğlovçi vertex'ning rangiga teng bölib qolsa - graph bipartite emas. Rang berişda bir-xillik vujudga kelmasa, graph bipartite böladi.

Leetcode'ning 785-masalasi bipartite graph haqida. Uni yeçişga harakat qilamiz.

Masalada kiriş ma'lumotlari edge list'da berilgan:

graph = [[1,3],[0,2],[1,3],[0,2]]

Bunda indekslar - vertex, graph[vertex] - edge'lar.