Futbol

Kecha Milan 1:0 hisobida g’alaba qozonib, Italiya A-seriyasida birinchi o’ringa ko’tarilib olipti. 🎉


Mavsum yakunigacha uch oydan ko’p vaqt bor, ammo jamoani birinchi o’rinda ko’rish quvonarli hol.

Meni yoshlikdan taniydiganlar qay darajada futbolga qiziqqanimni bilishadi. 10 yoshimdan O’zbekistonda Paxtakor, xalqaro maydonda Milan fanati bo’lganman. O’yinlarni qoldirmasdan ko’rardim.

Keyin… Farzandlik bo’ldim. Ota bo’lish hissi qadriyatlarni o’zgartirdi. Endi futbol hayotimning bir qismi emas, shunchaki nomiga qiziqish xolos.