WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

rawpixel'da Public domain kolleksiyalari

image-from-rawpixel-id-3864631-jpeg

Men işlaydigan rawpixel kompaniyasi ötgan yil yozidan boşlab Public Domain'ga çiqqan kitoblardagi rasmlarni raqamli formatga ötkazib, bepulga öz platformasiga joylaştirib bormoqda. Ulardan bizga aloqadori (yoki e'tiborlisi) - fransuz rassomi Émile-Alain Séguy (E.A. Séguy) ijodiga tegişli, 1914-yilda naşrdan çiqqan "Samarkande" patternlar töplami bor. U özida şarqona uslubni namoyon etgan.

Kaminaga esa Vincent Van Gogning asarlari yoqadi. Asarlari ölimidan keyin e'tibor qozongan rassomning san'at işlariga Dubay Mall içidagi Infinity des Lumieres digital art-galereyasida tomoşa qilgandim.

Darvoqe, rasmlarni uyga osiş uçun million dollarga sotib oliş şartmas, Society6 saytidagi rawpixel shop'dan print qilingan rasmlarni buyurtma qiliş mumkin.

Izoh: Public Domain - intellektual himoyalanmagan, savdo belgisi yoki patent qonunlariga ega bölmagan kreativ materiallar. Odatda biror ijodkorning işi u ölganidan 70 yil ötib intellektual himoyalanişdan çiqadi. Söngra unga heç kim egalik da'vosini qilolmaydi.