SOLID tamoyillari

SOLID qisqartmasi birinçi 5ta obyektga yönaltirilgan dizayn tamoyillarining boş harflaridan olingan. Uşbu dizayn tamoyillari dasturni işlab çiqiş jarayonida uni keyinçalik qöllab-quvvatlaş va kengaytirişni ham közda tutadi.
Beşta tamoyil:
S - Single-responsiblity
Yozilgan klassga özgariş kiritiş uçun faqat yagona sabab bölişi, ya'ni klass faqat bir iş bajarişi kerak.
O - Open-closed
Obyektlar yoki klasslar kengaytiriş uçun oçiq bölişi, ammo özgartiriş uçun yopiq bölişi kerak. Bu degani - agar klassga biror özgariş qöşişga töğri kelsa, undan boşqa klassga meros qilib olib (inheritance), meros olgan klassda özgariş qilinadi.
L - Liskov Substitution
Klassni baza qilib oliş uçun pointer yoki boğlamlar (references) işlatadigan funksiyalar klassning obyektini klassning özini bilmay turib ham işlata olişi zarur.
I - Interface Segregation
Birneça mijozga yönaltirilgan interfeyslar (client-specific interfaces) bitta köpmaqsadli interfeysdan köra yaxşiroq.
D - Dependency Inversion
Klasslar abstraksiyaga boğlanişi kerak. Yuqori darajadigi modul past darajadagi modulga boğlanişi kerakmas, lekin abstraksiyaga boğlanişi zarur. Misol uçun, koddan bazaga murojaat qilişda abstrakt klassga murojaat qilinadi, töğridan töğri bazaga yoki bazaning klassiga emas.