WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

Leetcode 12. Integer to Roman

Rim sonlari 7 xil belgilar bilan yasalari. Ular I, V, X, L, C, D va M bölib, rim raqamlari deyiladi.

Belgi Qiymati I 1 V 5 X 10 L 50 C 100 D 500 M 1000

Masalan, 2 rim raqamlarida - II. 12 - XII (X + II). 27 - XXVII (XX + V + II).

Rim raqamlari odatda çapdan öngga kattasidan boşlab yoziladi, lekin IIII soni IV ya'ni 5-1=4 körinşida beriladi (V - I). Huddi şu qoida 9 uçun ham amal qiladi - IX. Jami 6 xil holatda ayiriş bilan son hosil qilinadi:

  • I belgisi V (5) va X (10) dan oldin qöyilib 4 va 9 hosil qilinadi.
  • X belgisi L (50) va C (100) oldiga qöyilsa, 40 va 90.
  • C belgisi D (500) va M (1000) oldiga qöyilsa, 400 va 900 hosil böladi.

Massalaning şarti - oddiy sonni rim raqamlariga ötkaziş. bunda son 1 <= n <= 3999 oraliğida beriladi deb olinadi.

Misol 1:

Input: num = 58 Output: "LVIII" Tuşuntiriş: L = 50, V = 5, III = 3.

Misol 2:

Input: num = 1994 Output: "MCMXCIV" Tuşuntiriş: M = 1000, CM = 900, XC = 90 and IV = 4.

Işlaş tartibi

Bu yerda heç qanday murakkablik yöq:

  • Sondan minglik, yuzlik, önlik, va birlik raqamlari ajratib olinadi.
  • Minglik soni miqdoriça M yoziladi (maksimum son 3999 bölgani uçun, M miqdori 3tagaça bölişi mumkin).
  • Yuzlik soni rim raqamlariga ötkaziladi. Agar son 1 <= n <= 3 bölsa, son miqdoriça C; agar son n = 4 bölsa, CD; agar son n <= 5 <= 8 bölsa, D va son n - 5 miqdoriça C; son n = 9 bölsa, CM yoziladi.
  • Önlik soni rim raqamlariga ötkaziladi. Agar son 1 <= n <= 3 bölsa, son miqdoriça X; agar son n = 4 bölsa, XL; agar son n <= 5 <= 8 bölsa, L va son n - 5 miqdoriça X; son n = 9 bölsa, XC yoziladi.
  • Va nihoyat birlik soni rim raqamlariga ötkaziladi. Agar son 1 <= n <= 3 bölsa, son miqdoriça I; agar son n = 4 bölsa, IV; agar son n <= 5 <= 8 bölsa, V va son n - 5 miqdoriça I; son n = 9 bölsa, IX yoziladi.

Yuqoridagi tartibni kodga köçiramiz. Işlaş tartibiga köra, yuzlik, önlik va birlik sonlarining rim raqamlariga ötkaziş körinişi bir xil. Demak ularni qöşimça funksiya yordamida yasab olamiz.