Moliya böyiça şaxsiy xulosalar
Yillar davomida turli tajribalar, kitoblar, maslahatlar va xatolar orqali bir narsani tuşundim: pulni töğri boşqariş – bu faqat köp işlaş emas, balki tartib va intizomdir. Quyida özim uçun çiqargan asosiy moliyaviy xulosalarimni yozib qöydim.
Pul yiğiş
- Rözğor uçun kerakli summani olib qöyiş kerak, ortiqçasini esa boşqa hisobga ötkaziş yoki dollarga/aksiyaga kiritiş zarur. Bölmasa, ortiqça pul aqlimizni aldab, “baribir işlatib yuboramiz” degan vaziyatga olib keladi.
- “Pul ortsa özimga işlataman” degan fikr xato. Avval pulni özimiz uçun aktivga yönaltirib, keyin boşqa çiqimlarga qoldiriş lozim. Şu yöl bilan özingizni majbur qilasiz.
- Ideal holatda oylikning 50 foizi aktivlarga ketişi kerak. Buning imkoni bölmasa ham, heç bölmaganda $100 yiğib boriş odatini şakllantiriş zarur.
- Har bir harajatni yozib boriş – moliyaviy soğliqning eng yaxşi nazorati.
- Pulni şunçaki saqlaş emas, balki moliyaviy majburiyatlar oliş orqali köpaytiriş mumkin. Masalan, qurilişda pul tölab boriş – pulni işlatişning eng yaxşi usullaridan biri.
Harajatlar
- Ortiqça va katta xaridlarni faqat aylana mablağdan kelgan foyda hisobiga qiliş kerak.
- Buyumni, ayniqsa passiv bölganini (telefon, maşina, mebel va h.k.), kreditga yoki “0% li rassroçka”ga oliş – moliyaviy xato.
Beriş uçun oliş
Olişdan oldin beriş kerak. Bu – xayriya qiliş tamoyili. Pulni faqat yiğib oliş emas, balki jamiyat bilan bölişiş ham kerak.
Investitsiya
- Uy-joy ham passiv bölişi mumkin. Çunki u faqat xarajat keltiradi: soliq, ta’mir, kommunal.
- Aktivlar esa – pul işlab çiqaradigan narsalar: biznes, aksiyalar, investitsiya fondlari, ijaraga beriladigan köçmas mulk.
- Moliyaviy erkinlik – bu aktivlaringiz siz işlamagan paytda ham rözğor xarajatlaringizni yopib bera olişidir.
- Boylar aktiv sotib oladilar. Qimmat passiv sotib oliş – kambağallikka xos odat.
- Aksiyaga kirmasdan oldin köçmas mulkka kiriş foydaliroq. Çunki unda xavf kamroq. Dividendlarni esa yana aktivga aylantiriş zarur.
- Aksiyalarni arzon paytda oliş, qimmatlaganda esa faqat xarajat qilingan summani sotib yuboriş – eng yaxşi strategiya. Qolganlari foyda bölib qoladi va bozor tebranişlari ta’sir qilmay qöyadi.
Xulosa
Moliya – bu raqamlar emas, odatlar. Pulni tejaş emas, uni özingiz uçun işlatiş muhim. Har bir xarajatni yozib boriş, aktivlarga yönaltiriş, passivlardan uzoq yuriş va eng muhimi – jamiyatga ham foyda keltiriş. Şunda nafaqat hisobingiz, balki hayotingiz ham balansga keladi.