WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

AI tool use: nega modelning özi yetmaydi

AI tool use orqali qidiruv, API, fayl va hisob-kitob işlaşini körsatuvçi hero image

Bugungi AI tizimlarda eng muhim özgarişlardan biri - modelning özi bilan çeklanib qolmaslik. Kuçli model matn yozadi, tuşuntiradi, tahlil qiladi. Lekin real dunyoda köp vazifa faqat gap bilan hal bölmaydi. Biror narsani tekşiriş, qidiriş, hisoblaş, faylni öqiş yoki API çaqiriş kerak böladi. Bu farqni tuşuniş uçun AI atamalarini ham ajratib oliş foydali.

Ana şu joyda tool use paydo böladi. Tool use - model yoki agentning taşqi vositalardan foydalanişi. Bu AI’ni “matn işlab çiqaruvçi tizim”dan “iş bajaruvçi tizim”ga yaqinlaştiradi.

Tool use nima?

Tool use deganda modelning taşqi imkoniyatlardan foydalanişi tuşuniladi. Masalan:

  • web search,
  • API çaqiriş,
  • terminal buyruqlari,
  • kalkulyator,
  • fayl öqiş va yoziş,
  • database query.

Modelning özi faqat ehtimoliy javob quradi. Tool esa unga taşqi fakt, hisob-kitob yoki real harakat beradi. Şuning uçun tool use köpinça hallucinationni kamaytiriş strategiyasining bir qismi böladi.

Nega modelning özi yetmaydi?

Çunki model doimiy ravişda real dunyo bilan sinxron emas. U bugungi ob-havoni “bilmaydi”, sizning database’ingizdagi yozuvni özi körmaydi, kodni işga tuşirmasdan natijani faqat taxmin qiladi. Demak u köp hollarda tuşuntiriş bera oladi, lekin tekşirilgan fakt bera olmaydi.

Masalan, “bu API endpoint işlayaptimi?” degan savolga model taxmin qiladi. Lekin tool use bölsa, u endpoint’ni çaqirib, real javobni körişi mumkin.

Qaysi vazifalarda tool use zarur?

  • tez yangilanadigan ma’lumot kerak bölsa,
  • hisob-kitob aniq bölişi kerak bölsa,
  • kodni tekşiriş yoki işga tuşiriş kerak bölsa,
  • fayl, jadval yoki database bilan real iş bajarilsa,
  • agent köp bosqiçli vazifani yakunlaşi kerak bölsa.

Bu yerda asosiy farq şuki: model tuşuntiradi, tool tekşiradi yoki bajaradi.

Tool soni köpayganda esa ularni oddiy röyxat sifatida emas, tool registry orqali boşqariş foydali. Agent qaysi tool qaçon kerakligini, qaysi argumentlar ruxsatli ekanini va qaysi action approval talab qilişini şu qatlamdan biladi.

Tool use hallucinationni kamaytiradimi?

Köpinça ha, lekin avtomatik ravişda emas. Agar model web search qilsa, API’dan ma’lumot olsa yoki database’dan real yozuvni öqisa, uning böş taxmin qiliş ehtiyoji kamayadi. Lekin notöğri tool tanlansa yoki notöğri query yozilsa, hallucination baribir qoladi.

Demak tool use hallucinationni kamaytiradi, ammo agent arxitekturasini ham murakkablaştiradi. Endi sizga nafaqat model sifati, balki tool chaining, error handling va validation ham muhim böladi.

Oddiy chatbot bilan agent örtasidagi boğlaniş

Köp hollarda oddiy chatbot faqat matn bilan işlaydi. Agent esa tool use orqali taşqi dunyoga çiqadi. Şu sababli agent “aqlliroq” köringani bilan, amalda u köproq integratsiyaga ega böladi. Farq faqat modelda emas, iş muhitida hamdir.

Qaçon tool use ortiqça?

Har bir vazifaga tool kerak emas. Agar vazifa oddiy yoziş, tarjima, qisqartiriş yoki brainstorming bölsa, taşqi vositalar şart bölmasligi mumkin. Tool use qöşsangiz, latency va murakkablik oşadi.

Şuning uçun savol “qaysi toolni ulaymiz?” emas, avval “bu vazifada real tekşiruv yoki harakat kerakmi?” bölişi kerak.

Xulosa

Tool use - AI mahsulotlarni amaliy foydali qiladigan eng muhim qatlamlardan biri. Modelning özi hamma narsani bilmaydi va bajarmaydi. Taşqi vositalar esa unga fakt, hisob-kitob va real harakat imkonini beradi.

Qisqasi, kuçli model yaxşi boşlaniş. Lekin köp real vazifalarda natija tool use bilan keladi.