WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

Memory nima va AI agent nimani eslab qoladi

AI agentning short-term va long-term memory qatlamlarini ko‘rsatuvchi hero image

AI agent bilan uzoqroq ishlaganda ba’zan u oldingi gaplarni, foydalanuvchi afzalliklarini yoki loyiha haqidagi faktlarni eslab qolgandek ko‘rinadi. Shu yerda memory tushunchasi paydo bo‘ladi. Bu oddiy chat tarixidan kengroq mavzu. Session va state bilan farqini ajratish kerak.

Agent haqiqatan ham “eslayaptimi” yoki har safar qayta context yig‘ilyaptimi, bu mahsulot dizayniga bog‘liq. Shuning uchun memory’ni context bilan aralashtirmaslik kerak.

Memory nima?

Memory - agent keyingi ishlatish uchun foydali deb topgan ma’lumotni saqlab qo‘yishi. Bu foydalanuvchining afzalligi, loyiha haqida doimiy fakt, muhim qaror, ishchi state yoki oldingi vazifa natijasi bo‘lishi mumkin.

Masalan, foydalanuvchi har doim o‘zbek tilida javob xohlashi, ma’lum repo ishlatilayotgani yoki support agent uchun refund policy qayerdaligi memory sifatida saqlanishi mumkin.

Context bilan farqi nimada?

Context - model ayni so‘rovda ko‘rib turgan ma’lumot. Memory esa kelajakdagi so‘rovlar uchun alohida saqlanadigan ma’lumot. Ya’ni context ishchi oynadagi ma’lumot bo‘lsa, memory uzoqroq yashaydigan qatlam.

Har bir memory keyingi so‘rovda kontekstga qayta kiritilishi mumkin, lekin u doim context ichida yashamaydi. Shu farq ayniqsa context window cheklangan joyda muhim.

Qanday memory turlari bor?

  • short-term memory - joriy sessiya yoki yaqindagi qadamlar uchun,
  • long-term memory - foydalanuvchi afzalliklari va doimiy faktlar uchun,
  • working memory - vazifani bajarish paytidagi vaqtinchalik state uchun,
  • episodic memory - oldingi vazifa va u qanday hal qilingani haqidagi yozuvlar uchun.

Agent nimani eslab qolishi kerak?

Hammasini emas. Yaxshi memory tizimi faqat qayta foydali bo‘ladigan narsani saqlaydi. Odatda quyidagilar foydali:

  • foydalanuvchi tili, uslubi va format afzalligi,
  • ma’lum loyiha yoki domen haqidagi barqaror faktlar,
  • oldingi qarorlar va kelishilgan qoidalar,
  • vazifa holati: nima bajarildi, nima qoldi.

Lekin shaxsiy, eskiradigan yoki xavfli ma’lumotni ehtiyotsiz saqlash noto‘g‘ri. Memory sifati “qancha ko‘p saqladim” bilan emas, “qancha foydali va toza saqladim” bilan baholanadi.

Qayerda saqlanadi?

Bu mahsulotga bog‘liq. Ba’zan structured database’da saqlanadi, ba’zan key-value store’da, ba’zan esa embedding bilan qidiriladigan memory store ishlatiladi. Muhimi - memory keyinchalik topiladigan, filter qilinadigan va nazorat qilinadigan shaklda bo‘lishi.

Asosiy xavflar

  • eskirgan memory saqlanib qolishi,
  • foydalanuvchi haqidagi noto‘g‘ri taxminlar memoryga aylanishi,
  • ortiqcha ma’lumot saqlanib, retrieval yomonlashishi,
  • maxfiy ma’lumot nazoratsiz saqlanishi.

Xulosa

Memory - AI agentning uzoqroq ishlashda foydali bo‘ladigan faktlarni saqlash qatlami. U contextning o‘rnini bosmaydi, balki uni to‘ldiradi. To‘g‘ri memory agentni foydaliroq qiladi, noto‘g‘ri memory esa chalkashlik va xavf keltiradi.