Quriliş 2-qism. 4 xonali kvartirani loyihalaş
Quriliş 2-qism. 4 xonali kvartirani loyihalaş
Xonadonni loyihalaşda avvalo oilamizning real va amaliy ehtiyojlaridan kelib çiqişga harakat qildim.
Standart ta’mirlarda urf bölgan yondaşuvlar har doim ham 5 kişilik, yoş bolali oilaga töğri kelavermaydi. Boşidanoq aniq talablarni belgilab oldik:
1. Rejalaştirişdagi asosiy talablarimiz
- Sanuzeldan alohida, pokiza tahorat joyi: Qöşma hammom-hojatxonalarda tahorat oliş makruh bölingani bois, ibodat va poklik qulayligi uçun alohida tahorat burçagi zarur edi.
- Alohida kirxona (laundry room / postiroçnaya): Xonadonda kiyim-keçak tartibini saqlovçi asosiy filtr. Kir yuviş maşinasi, quritgiç, dazmol va kiyim savatlari bir joyda bölişi şart. Aks holda yuvilgan kiyimlar taxlangunça kunlab karavotlar ustida soçilib yotadi.
- Master bedroom içida sanuzel kerak emas — sanuzellar umumiy bölsun: Yotoqxona içida alohida sanuzel qiliş urf bölsa-da, biz bundan ataylab voz keçdik. Ikki nafar yoş bolaning tagligi almaştiriladigan, yuvintiriladigan joy yotoqxona içida bölişini istamadim. Qolaversa, yoş bolali xonadonda doimiy ideal ozodalikni saqlaş qiyin, şuning uçun sanuzellarning umumiy dahlizdan kiriladigan bölişi amaliy va gigiyenik jihatdan töğriroq yeçim.
- Bolalarni çömiltiriş uçun albatta vanna şart: Duş kabinasi kattalarga qulay, ammo yoş bolalarni çömiltirişda vanna bebaho. Şu sababli ikkita sanuzelning kattaroği vannali qilindi.
- Mehmonxona emas, "Living room": An’anaviy ötiriladigan, yil böyi böş turib faqat mehmon kelganda oçiladigan ulkan stol-stulli xona bizga kerak emas. Oila jamlanadigan, divan va televizor zonasidan iborat şinam yaşaş xonasi bölişi ma’qul. Dastlab mehmonxonani divan va ovqatlanış zonasiga bölmoqçi edim, ammo 17 m² maydon torlik qildi. Natijada ovqatlanış töliq oşxonaga köçirildi.
- Oşxona va mehmonxonani qöşmaslik: Hozirgi zamonaviy oçiq reja (open space / studio) modasiga ergaşmadik. Milliy pazandaçilikdagi qovuriş va dimlaş hidlari butun yaşaş zonasiga yoyilişining oldi olindi.
2. Quruvçi loyihasi va unga kiritilgan özgarişlar
Quruvçining dastlabki loyihasi 4 xona, oşxona va noqulay ulkan dahlizdan (holl) iborat edi. Xonalar tor, hollda esa beöxşov joyda qalin temir-beton kolonna turipti.
Biz kiritgan özgarişlar:
- Xonalar maydonini maksimal darajada kengaytirdik.
- Oşxona eşigi va devori örniga keng suriluvçi (slayd) eşiklar örnatişni reja qildik — kerak bölganda oşxona berkiladi, kerak bölganda kenglik hissi paydo böladi.
- Dahlizning foydalanilmaydigan burçagidan 3.14 m² lik alohida kirxona (laundry room) ajratdik.
- Mebellarning ergonomik joylaşuvini boşidanoq ölçamlar böyiça rejalaştirib çiqdik.
3. Xonadonning yakuniy loyihasi (Plan)
Loyihani Homestyler.com platformasida şaxsan özim çizib çiqdim. Bu vosita 2D çizma bilan bir qatorda 3D vizualizatsiya ham bera oladi:
- Mehmonxona (Living Room): 17.25 m² (4.60 × 3.75 m)
- Ota-ona yotoqxonasi (Master Bedroom): 12.88 m² (4.60 × 2.80 m)
- 1-bolalar xonasi (Kids Room 1): 12.41 m²
- 2-bolalar xonasi (Kids Room 2): 11.00 m² (4.08 × 2.70 m)
- Yölak va dahliz (Hallway): 27.46 m²
- Kirxona (Laundry Room): 3.14 m² (1.31 × 2.40 m)
- 1-sanuzel (Bathroom 1 — vannali): 2.98 m² (1.24 × 2.40 m)
- 2-sanuzel (Bathroom 2 — tahorat/hojatxona): 1.87 m² (1.17 × 1.60 m)

(Ölçamlarda kiçik farqlar bölişi mumkin, çünki ölçovlarni özim qildim. Professional arxitektorlar iPhone’dagi LiDAR datçiklari orqali xonani skanerlab, santimetrigaça aniqroq çiqarişar ekan).
Nega arxitektor yollamadim? Bir neçta mutaxassis bilan gaplaşdim, oddiy loyihalaş uçun $2,000+ söraşdi. Oila ehtiyojini baribir özimizdek his qilolmasligini tuşunib, vaqt ajratib özim çizişga qaror qildim.
4. Foydali ilhom manbalari (YouTube kanallari)
Loyihani tayyorlaş davomida professional dizayner va quruvçilardan juda köp foydali yeçimlarni örgandim:
- Mixail Şapoşnikov — DNEVNIK DIZAINERA: Million dollarlik kvartiralar dizayneri. Garçi loyihalari elita segmentida bölsa-da, quriliş texnologiyalari va reja xatolari böyiça beradigan maslahatlari a’lo darajada.
- Arina Trofimova — @Arinchoz: Köçmas mulk flippingi (eski uyni tez ta’mirlab qimmatroq sotiş) bilan şuğullanadi. Oddiy, ammo nihoyatda ajoyib va tejamkor reja yeçimlarini körsatadi.
- Uyutniy dizayn (@idei_decora): Kiçik maydonlardan maksimal unum bilan foydalaniş ğoyalari uçun kuzatdim.
- Viktoriya Zarayskaya: Ixçam va oqilona reja ustasi. Shorts videolari tor joylarni funksional zonalaşga yaxşi misol böladi.
- Klimenko Timofey: Tajribali prorab va usta. Umumiy quriliş sifati, qora suvoqdan to toza pardozgaça bölgan nozik texnik masalalarni tuşuntiruvçi fundamental videolari bor. Men kabi qurilişdan uzoq odamlar uçun haqiqiy topilma.
Keyingi qismda qora quriliş, devorlarni buzib qayta quriş va usta tanlaş jarayonlari haqida sözlab beraman.