Quriliş 1-qism. Kvartira sotib oliş
Ötgan yili Toşkentga qaytişimizni reja qilganimdan buyon kvartira yoki uy sotib oliş variantlarini körib çiqişni boşladim. Budjet — $100,000 atrofida.
Uç nafar farzandli oila uçun kamida 3 xonali uy kerak edi. Qizim uçun kelajakda alohida xona zarurligini hisobga olsak, 3 ta yotoqxona + 1 ta mehmonxona = 4 xonali xonadon uzoq muddatli eng töğri tanlov bölardi. Qolaversa, Bangkokdagi 80 m² li 3 xonali kvartiramiz ham vaqt ötib torlik qila boşlagandi.
Lokatsiya talablari
Ideal holatda ota uyim — Ştabdagi mahalladan 5–6 km dan uzoq bölmagan hudud kerak edi. Köp körüşadigan insonlarim: sinfdoşlar, döstlar, ota-onam barçasi Ştab atrofida. Garçi loyiha jihatidan ma’qul kelsa-da, Maxtumquli köçasidagi novostroykalar aynan masofa uzoqligi tufayli röyxatdan çiqdi.
Tanlov uç tuman orasida bordi: Uçtepa, Şayxontohur va Olmazor.
Yangi Toşkent — bizning avlod yaşaydigan hudud emas, hozirça faqat investitsiya uçun olib qöysa arziydi. Balki kelajakda farzandlarimizga qiziq tuyular.
Yana bir muhim şart: yaqin atrofda sifatli xususiy maktab va bolalar boğçasi bölişi şart edi.
Nega aynan novostroyka?
Ikkilamçi bozordagi ("vtoriçka") eski uylarni olmaslik qat’iy qarorim edi. Eski podyezdlar hidi, yertölaning sasişi va eskirgan kommunikatsiyalar ma’qul kelmaydi.
Biroq kadastri tayyor novostroykalar narxi ham budjetdan oşa boşladi: xarid narxiga kamida +$20,000 pardozlaş (remont) xarajatini ham qöşiş zarur. Şu sababli qurilişi 1 yil içida bitadigan turar joy majmualarini (TJM) örgana boşladim:
- "Sohil böyi" (Murad Buildings): 2-navbat qimmatlik qildi, 3-navbat esa 2028-yilda bitadi deyişdi. Muddat juda uzoq.
- "Kökça Oqtepa" (Art House): Kompaniyaning avvalgi obyektlarida muddat çözilib ketgan holatlar bor ekan. Podyezd sathi budjet toifasidagi uylar kabi, lekin kvadrat metr narxi "Komfort+" darajasida.
- Median Development (Foziltepa köçasi): Majmua 5 yildan beri qurilayotgan ekan. Tuşunişimça, har yili bitkaziş sanasini şunçaki yangilab qöyişadi.
- "Kökça Darvoza": Quruvçisi noma’lum. Quriliş bitgan, ammo avtoturargoh yöq hisobi. Kadastr muammo: e’lonlarda doimiy ravişda "keyingi oy çiqadi" deb aldaşadi.
- "Florya Residence" (Glorious Building): 2025–2026-yillarda kadastri çiqadigan bloklar bor, ammo butun majmua töliq 2028-yilda yakunlanadi. Undan taşqari, Toşkent halqa yölining (THAY) taşqarisida joylaşgan.
- "Beşqayrağoç" (Benefit Build): Quriliş muddati va lokatsiyasiga nisbatan m² narxi mutanosib kelmadi.
- Nurafşon köçasi böyidagi obyektlar: Körib çiqdim, biroq trassa yuzida joylaşgani bois şovqin köp, yaşillik va daraxtlar deyarli yöq.
Novostroyka tanlaşda şaxsiy qoidalarim
- Bitiş vaqti 24 oydan oşmasin: Vaqt qança çözilsa, noaniqlik va risk şunça ortadi.
- Bölib tölaş muddati 24 oydan köp berilsa — şubhalaning: 5–8 yilga bölib tölaş taklif qilinayotgan bölsa, bilingki, quriliş kamida şunça vaqt davom etadi.
- Raqamli tarixni tekşiring: TJMning Instagram sahifasini ilk postigaça varaqlang. Tarixni web.archive.org va yangiuylar.uz orqali soliştiring: dastlab qaysi muddat va’da qilingan-u, hozir nima deyilyapti?
- Quruvçi va’dalariga 1–2 yil qöşing: "Yil oxirida bitadi", "bahorda kadastr çiqadi" degan gaplar 90% holatda yolğon çiqadi.
- Aholi köçib kelgan bölişi muhim: Quriliş bitgan bölsa-da, qöşnilar hali köçib kelmagan bölsa, 1–2 yil halovat unuting. Har kuni çang, şovqin va tinimsiz drel ovozi bezovta qiladi. TJMda ta’mirni eng oxirgilardan bölib tugatgan ma’qul.
- Muhandislik tarmoqlarini audit qiling: Gaz, elektr podstansiyasi quvvati, suv bosimi va liftlar mustaqilligini oldindan suriştiring.
Şahar taşqarisidagi hovli varianti-çi?
$100,000 ga şahardan 3–5 km taşqarida hovli olsa böladi. Ammo yoş oila uçun bu — strategik xato. Farzandlarni har kuni boğça, maktab va tögaraklarga taşiş ota-onani haydovçiga aylantirib qöyadi.
Şunday bölsa-da, bir neçta hududni kördim:
- Oltintepa: Asosiy kamçilik — şaharga kiruvçi yöl tor, sifatsiz va doimiy tirbandlik.
- Uç Qahramon: Ştabga nisbatan juda uzoq.
- Abdurahmonov: Qişloq xöjaligi muhiti — mol-qöy hidi va paşşa bilan murosada yaşaydiganlar uçun variant.
Yakuniy qaror: "Yangi Beltepa" TJM
Uzoq qidirişlardan söng talablarga javob beradigan variant topildi: kadastri bor, 70%+ aholi allaqaçon köçib kelgan, şahar içidagi xonadon.
Tanlov Ibn Sinodagi (Beltepa) "Yangi Beltepa" majmuasida töxtadi.
Afzalliklari:
- Ştabgaça masofa — bor-yöği 4 km.
- Qulay infratuzilma: piyoda yursa böladigan masofada Korzinka supermarketi, "Ibn Sino" savdo markazi, xususiy boğça va maktablar, tögaraklar mavjud.
- Forobiy köçasida şifoxona va dorixonalar serob.
Kamçiliklari va yeçimlar:
- Betonka yoqasida mardikor bozori bor, gavjum. Biroq xonadon içkariga qaragani bois bezovta qilmaydi.
- Yaqinida yonğin xavfsizligi qismi (pojarxona) bor, ammo amalda deyarli şovqin solişmaydi.
- Internetda e’lon qilingan yerosti avtoturargohi işlamagan, hozir uning örniga yopiq bolalar maydonçasi jihozlanmoqda.
Xonadon xarakteristikasi va loyiha
- Maydoni: 95 m²
- Xonalar soni: 4 xona
- Qavati: 8 qavatli ğiştli binoning 7-qavatida (bir paytlar 34-qavatda ham yaşaganmiz, 7-qavat muammo emas).
- Narxi: $72000
Xonadon loyihasi:

Loyiha böyiça har bir xona alohida dahlizdan ajralgan, yoritiş burçaklari va bolalar xonalari taqsimoti qulay.
Keyingi maqolada uşbu loyihani qanday qilib qayta rejalaştirganimiz va ta’mir jarayoni haqida batafsil yozaman.