Quriliş 3-qism. Remont
Prorab borasida omad kulib boqdi. Zafar jiyanim, malakali prorab, qurilişni "pod klyuç" topşiradigan böldi. U özi usta topadi, özi boşqaradi, özi quriliş materiallari bilan şug‘ullangan. Men loyihani avvaldan tayyorlab, savollariga tez javob berdim, harajatlar uçun mablag‘larni vaqtida topşirdim.
1. Devorlar, pereplanirovka va postiroçnaya xona
Dastlab pereplanirovka — devorlarni buzib, qaytadan kötarib çiqildi. Postiroçnaya xona (laundry room) qöşildi. Bu xona kir kiyimlarini yuviş, quritiş va organizatsiya qiliş uçun maxsus joy.
2. Santexnika
Santexnika işlarini Nodir aka qilib berdilar (instagram profillarini topsam qöşib qöyaman). Isitiş tizimida ikki konturli kotyol, issiq pol va derazalar tagiga radiator qöydi. Issiq pol örinlarini ham çizib berdim, mebellar tagiga issiq pol qilinmasligi uçun.
Ikki sanuzel ham qöşma (tualet + vanna/duş kabinasi) tarzda amalga oşirildi — bu tualet talaşib qolmaslik uçun.
3. Elektrika
Santexnika işlaridan söng yarim‑quruq styajka qilingan. Söngra elektr işlariga ötirildi: rozetkalar, vklyuçatel, lampoçkalar va boşqa elektr uskunalar joylaştirildi, ularning sxemalari çizildi.

4. Böyoq yoki oboy?
Timofey videolaridan birida tuşuntiriş bergandi:
- Agar sizning kvartirangizda faqat kattalar yaşasa, aktiv harakatlar, mehmondorçiliklar kam bölsa, şundagina devorlarga böyoq işlating. Yoş bolali yoki ijaraga beriladigan xonadonlar uçun bir tondagi (odnotonniy) oboydan yaxşisi yöq.
Rang kodi quyidagicha öqiladi: Rang kodi: NCS S 1002-Y50R NCS S - standart nomi 10 - 10% oqdan qoragacha (brightness) (s) 02 - 2% oqdan asl ranggacha (saturation) Y50R - Yellow'dan Redgacha 50%
Kodlarni bilgan holda istalgan rangni chiqariş mumkin.

5. Sanuzel va pol qoplamalari
Sanuzellar kiçik bölgani uçun 120 × 60 sm li, bir xil rangdagi qaymoq‑rang matoviy kafellar işlatildi — bu sanuzelni vizual kengroq körsatadi. Polga laminat terildi, MDF plintus örnatildi.
6. Yoritiş
Elektriklar vklyuçatel, rozetka va yoritgiçlarni örnatdi. Xonalar uçun neçta toçkaga svetilnik/galogen qöyiş kerakligini özlari belgilaşdi. şu yerda bir qoidani yozib ötişim kerak. Yoruğlik - bu xonaning makiyaji. Agar yoruğlik kam bölsa, xonaning çiroyi körinmay, ranglari böğilib qoladi. Yoruğlik köpayib ketsa, közni çarçatadi.
7. Xulosa
Hozir jarayonlarni töğri yozib ketyapman, aslida bir brigadaning işidan söng, keyingisi iş boşlaşi orasida 1-2 hafta vaqt ketib qolişi bor. Ustalarning vaqtini topiş, ularning bir obyektdagi işi tugaşini kutiş vaqt olib qöyadi. Oktabrda boşlangan remont 5 oy davom etgan bölsa, iş bölmayotgan kunlarning özi 1 oyga borib qoladi.
Keyingi qismda mebel va texnika haqida sözlab beraman.