Big Motor Sale 2018

18-26 avgust kunlari BITEC ko’rgazmalar pavilyonida har yili o’tkazib kelinadigan Big Motor Sale ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. Ko’rgazma haqida har doimgidek tasodifan bilib qoldim.

Bangkok. 7 oydan so’ng

Xorijda ishlash fikri 2017-yil noyabrda, Kuala-lumpurdagi bir oylik xizmat safaridan so’ng paydo bo’lgandi. Hozirgi ish joyim Drupal-dasturchilar uchun mo’ljallangan jobs.drupal.org dagi bir necha vakansiyalar orasida bor bo’lgan, aniqrog’i Rawpixel stok-foto provayder kompaniyasi rezyumeni ko’rib chiqib, intervyu belgilagan.

Taylanddagi seven eleven do’konlari

Seven-eleven kichik do’konlar (mini-marketlar) tarmog’i Seven-Eleven Japan Co., Ltd. boshqaruvidagi, dunyoning 18 mamlakatida asosan franchayzing sifatida ishlovchi biznes operator. Taylandda 7-eleven shahobchalari 10 mingdan ortiq bo’lib, dunyo bo’yicha AQSH va Yaponiyadan keyin uchinchi o’rinda turadi.

Tayland-Xitoy o’yini haqida

Ertalab championat.asia saytida yangiliklarni o’qib borayotib, hisoblar ruknida Tayland-Xitoy o’yini haqidagi e’longa ko’zim tushib qoldi. Bangkokdagi xizmat safarim davomida ancha vaqtdan beri shaharda futbol bo’lsa ko’rgani tushaman deb rejalashtirib yurganim sababli, internetdan uchrashuv haqidagi yangiliklarni o’qib chiqdim…

Kema transporti

Londonni Temza daryosi kesib o’tsa, Bangkokni Chao Phraya daryosi bo’lib yuboradi. Daryoda 5 xil turdagi kema turi faoliyat ko’rsatadi.

Vat Arun – budda ibodatxonasi

Taylandda aholiningĀ asosiy qismi azaldan buddizmga e’tiqod qiladi, shu sababli ham budda ibodatxonalarini ko’plab uchratish mumkin. Ulardan eng qadimiysi – Vat Arun bo’lib, hozirgi mashhur turistik obyektlardan biri hisoblanadi.

Bangkokdagi ilon fermasi va ilonlar shousi

Ilon fermasi

Qizil Xoch hamjamiyati qaramog’idagiĀ ilon fermasi ilon zahridan dori tayyorlash va tadqiq qilish bilan shug’ullanadi. San Pauludagi (Braziliya) ilon fermasidan keyin ikkin o’rinda turuvchi maskan, 1923 yilda ochilgan. Ferma bog’ida kichik zoopark hamda shou-ko’rgazma maydoni mavjud bo’lib, bu yer hozirgi kunda sayohatchilar gavjum bo’ladigan joylardan biri hisoblanadi.

Taylandda islom

Taylandda Islom dini XX asr ikkinchi yarmidan boshlab kengayib bormoqda va u buddizmdan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Musulmonlarni Taylandga ko’chib kelgan malayziyaliklar, pokistonliklar, tamil, panjob, va qo’shni Kambodjadan kelgan chami-qochoqlar tashkil qiladi.